Essays.club - Получите бесплатные рефераты, курсовые работы и научные статьи
Поиск

Xususiy oliy ta'lim muassasalarining oliy ta'lim sifatini oshirishdagi o’rni va ahamiyati

Автор:   •  Март 25, 2024  •  Статья  •  1,892 Слов (8 Страниц)  •  101 Просмотры

Страница 1 из 8

XUSUSIY OLIY TA'LIM MUASSASALARINING OLIY TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI  O’RNI VA AHAMIYATI

Qamarova Nigora Fayzullayevna

Buxoro inovatsiyalar universiteti, magistratura ikkinchi bosqich talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada xususiy oliy ta’lim muassasalarining rivojlanishi, ulardagi ta’lim olish imkoniyatlari, oliy ta’lim muasasalari o’rtasida raqaboatning shakllanishi va rivojlanishi, xususiy oliy ta’lim mussasalarida tashkil etilgan zamonaviy ta’lim texnoliyalari va va ta’lim sifatini oshirishning о’ziga xos xususiyatlari haqida sо’z yuritiladi. Shu bilan bir qatorda, xususiy oliy ta’lim mussasalarida ta’lim jarayonini tizimini takomillashtirish jarayonida e’tiborga olinishi zarur bo‘lgan xususiyatlar, asosiy vazifalar va ularning amaldagi ifodasi, sohada kuzatilayotgan muammolar tahlili natijalariga tayangan holda xususiy oliy ta'lim muassasalarining oliy ta'lim sifatini oshirishdagi  o’rni va ahamiyati muallifning yondashuvi asosida bayon etilgan.

Kalit soʻzlar: xususiy oliy ta’lim muassasalari, ta’lim sifati, fan, davlat, kadrlar, chet el oliy ta’lim muassasalari, oliy ta’lim, sohalar, mutaxassislar, fan va texnologiyalar, xususiy sektor, boshqaruv tizimi, ta’lim sohasi  va boshqalar.

KIRISH

Bugungi kunda butun dunyoda va yurtimizda xususiy oliy ta’lim muassasalari ko’payib va rivojlanib bormoqda. Xususiy oliy ta’lim muassasalarining ko’payishi har tomonlama ta’lim sohasida juda kata o’zgarishlarga sabab bo’lmoqdi. Avvalambor, oliy ta’lim muassasalarining ta’lim xizmatlari bozorida o’zaro raqobatlashishi sabab bo’lmoqda. Raqobat natijasida talabalarga sifatli bilim berish, ularni zamonaviy kasblarga tayyorlash va mehnat bozoriga malakali kadrlarni yetishtirib chiqarmoqda. Bundan tashqari, xususiy oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarning o’z ustida ishlab malakasini oshirishiga, talabalarga bilim berishda turli xil innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga hamda talabalarni fanga qiziqtirish va ruhlantirish orqali ta’lim sifatini oshirishga sabab bo’lmoqda.

Dunyoda xususiy oliy ta’lim muassasalari sonining ko'payishi natijasida talabalar hamyonbop narxda yuqori sifatli ta'lim olishlari mumkin. Oliy ta'lim muassasalarini xususiylashtirish to'liq raqobat sharoitida raqobatni rag'batlantiradi, bu esa samaradorlikni oshirish, sifatni yaxshilash va xarajatlarni kamaytirishga olib keladi. Bu ham talabalarga nufuzli universitetlarda xorijdagi talabalar bilan raqobatlasha oladigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga yordam beradi.

Bundan tashqari xususiy oliy ta’lim muassasalarining ko’payishidan o’qishga kirish faqatgina oldin davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bo‘yicha davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish kvotalari asosida amalga oshardi ammo hozirgi kunda istagan kishiga o’qishga kirishi va oliy ma’lumotli bo’lish imkoniyatiga ega. O‘qishga kirish uchun keyin yil uchun o‘qishga qabul qilish kvotalari e’lon qilinishini va kirish imtihonlari boshlanishi kutish shartmas. Xususiy oliy ta’lim muassasalarida o’qishga kirishi va o’qishni davom ettitirish mumkin.

Dunyo tajribasidan barchamizga ma’lumki, dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalarining ko’pchiligini xususiy oliy ta’lim muassasalari tashkil qiladi. Ularga misol tariqasida Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Harvard universiteti, Stanford universiteti, Kolumbiya universiteti, Boston universitetini, Janubiy Koreyadagi Yonsei universiteti, Koreya universiteti, Hanyang universiteti va dunyo mamlakatlarining bir qancha xususiy universitetlarini ko’rishimiz mumkin. Yuqorida nomlari keltirilgan universitetlar hozirgi kunda malakali kadrlar tayyorlashda dunyoda yetakchi o‘rinda turadi va ular o‘rtasida sof raqobat shakllanganligi ham barchamizga ma’lum.

ADABIYOTLAR SHARHI

Ushbu mavzuni tadqiq etish yuzasidan xorijiy va mamlakatimiz olimlarining ta’lim tizimini takomillashtirish masalalari, oliy ta’lim tizimini isloh qilish va uni rivojlantirish hamda oliy ta’limda о’qitish sifatini oshirishga bag’ishlangan ilmiy asarlar mavjud.

Quyidagi mualliflarning asarlari oliy ta’lim muassasasi faoliyatini rivojlantirish masalalarini mamlakatning barqaror rivojlanishida muhim omil sifatida nazariy tushunishga bag‘ishlangan: Brunner, Xose Joaqin va Entoni Tillett (2022), Veber. Lyusi, J. Duderstatdt(eds.) (2021), Sondergaard va Murthi (2023), Krainik V.L. (2022), Nikolaeva D. (2020), Rozhdestvenskiy A.V. (2019), Sattarov S.A. (2018),Odilov T., Raximova D.N. (2017), Abirov V.E. (2017), Ashurova H.Kh. (2018), Tojieva A., Babaniyazova N. (2015), Usmanov S.A., Xalilov A.Kh. (2015), Baisariyev N.Kh. (2016), Babayeva N.M. (2015), Baratov R.U., Ramatov Zh.S. (2018), Vohidova N.Kh., Xalikova Z.M. (2016), Gaibnazarova Z.T. (2017). Globallashuv sharoitida oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va xususiy oliy ta’lim muasasasalarini ko’paytirish va rivojlantirish orqali oliy ta’lim sifatini oshirish masalalari munozarali bo‘lib qolmoqda. Muammoning dolzarbligi va yetarli darajada rivojlanmaganligi ushbu muammo bo‘yicha tadqiqot olib borishni va ushbu maqolaning mavzusini aniqlashga imkon berdi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot jarayonida xususiy oliy ta'lim muassasalarining oliy ta'lim sifatini oshirish va rivojlantirishga oid xalqaro hamda milliy tajribalar bo’yicha ilmiy tadqiqotlar o’rganildi. Maqolani shakllantirish jarayonida kuzatish va tanlab olish, ilmiy-nazariy, empirik kuzatuv usullardan foydalanilgan. Tadqiqot natijalarining ishonchligi tadqiqotda qo’llanilgan xorijiy va milliy statistik rasmiy manbalardan foydalanilgani bilan izohlanadi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Hozirgi kunda butun dunyoda bo’lgani kabi bizning yurtimizda ham xususiy oliy ta'lim muassasalari ko’payib va rivojlanib bormoqda. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati shakllanishi sharoitida muhim ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy transformatsiyalar yuz berdi, bu esa yuqori malakali kadrlarning mavjudligini talab etadi. "Iqtisodiyotda oldimizda turgan vazifalar haqida gapiradigan bo‘lsak, birinchi navbatda, shuni ta’kidlash kerakki, yirik iqtisodiy islohotlarning mohiyati quyidagicha - iqtisodiy rivojlanishning strategik maqsadlariga erishishda faol ishtirok eta oladigan malakali kadrlarni o‘qitishdir"[1]. Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, Oʻzbekistonda malakali kadrlar tayyorlash masalasi bo'yicha hozirgi bir qancha muammolar mavjud. Bunga birinchi navbatda o‘quv tizimi bozor iqtisodiyotini chuqurlashtirish jarayonidagi o‘zgarishlarni hisobga olmagani sabab bo‘ldi. Zamonaviy sharoitlarda davlat oliy ta’lim tizimi uchun - zamonaviy darajaga chiqish va globallashuvning dolzarb muammolarini bartaraf etish bo‘yicha qiyin vazifani belgilab berdi. Jamiyatni rivojlantirishning hozirgi bosqichida umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga munosib oliy ma’lumot berish dolzarb bo‘lib qoldi.

...

Скачать:   txt (17.8 Kb)   pdf (116.3 Kb)   docx (14.1 Kb)  
Продолжить читать еще 7 страниц(ы) »
Доступно только на Essays.club