Buyuk Britaniya yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari
Автор: Abror2002 • Ноябрь 30, 2023 • Реферат • 2,354 Слов (10 Страниц) • 237 Просмотры
1-mavzu: Buyuk Britaniya yangi davrda: tarixiy rivojlanishning asosiy voqealari va jarayonlari.
Asosiy savollar:
1.Angliyadagi inqilobning sabablari va oqibatlari.
2. Angliyada parlamentar monarxiyaning shakllanishi va uning ichki va tashqi siyosati.
3.XIX–asrda Angliya siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyoti.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Absolyut monarxiya, puritanizm, presviterianlar, independentlar, Kromvel protektorati, Styuartlar restavratsiyasi, parlamentar monarxiya, torilar, viglar, sanoat to’ntarishi, Napoleonga qarshi urushlar, mustamlakachilik siyosati, Chartistlar harakati, 1848 yilgi inqilob.
Mavzuga oid muammolar:
1. Inqilobiy Angliyada diniy ziddiyatlar negizini aniqlash.
2. Ingliz inqilobiga yangicha tsivilizatsiya asosida yondashuv.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Inqilob arafasida Angliya iqtisodiy-ijtimoiy siyosiy hayoti va shu jabhalarda yuz bergan ilg’or o’zgarishlar, ichki qarama-qarshiliklar haqida tushuncha berish.
Identiv o’quv maqsadi:
1.1. Ingliz inqilobi arafasidagi ziddiyatlarni tushunadi.
1.2. Inqilobning sabablarini aniqlaydi.
1.3. Inqilob oqibatlariga baho beradi.
1-savolning bayoni
Angliya XVII-asrning o’rtalariga kelib davlat boshqaruvi jihatdan absolyut monarxiya, iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko’ra qoloq feodal munosabatlar hukm surayotgan agrar mamlakat hisoblanardi. Aynan mana shu jihatlar absolyutizm va aholining katta qismining erkinligini cheklagan eski er egalari, lendlordlik sistemasi, eski dvoryanlar va Anglikan cherkovining noo’rin siyosati ingliz jamiyatida ziddiyatlarni keskinlashtirib taraqqiyotga to’sqinlik qila boshladi.
Engil va og’ir sanoatning o’sishi, tovar-pul munosabatlari, ichki bozor, shuningdek ichki va tashqi savdoning o’sishida bosh rolni o’ynayotgan dvoryanlar: bankirlar, manufaktura, fabrika, zavod, kompaniya, port va boshqa shu kabi daromad keltiruvchi yangi sohalar xo’jayinlari va oddiy xalqning eski tuzumga nisbatan noroziligi etilib bordi. Shu tariqa ingliz jamiyati qarama-qarshi bo’lgan ikki lagerga bo’lindi.
1. Eski absolyutizm va feodalizm tarafdori bo’lgan kuchlar: qirol, lordlar palatasi, yuqori aristokratiya, yirik er egalari, anglikan cherkovi, eski dvoryanlar.
2. Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi tufayli shakllangan yirik sanoat moliya doiralari,savdogarlar, yangi dvoryanlar, hunarmandlar, oddiy xalq guruhi eski tuzumni inqilobiy yo’l bilan ag’darib, yangi bozor munosabatlariga asoslangan eski tuzumga nisbatan bir muncha taraqqiyparvar xususiyatlarga ega bo’lgan kapitalistik jamiyatni qurishga harakat qilardi.
Ingliz jamiyatida ro’y berayotgan o’zgarishlar idrokda ham o’zgarishlar yasadi. Anglikan cherkovidan ajralib chiqqan puritanizm (tozalovchi) oqimi inqilobning g’oyaviy tayyorgarligida muhim rol o’ynadi. Puritanizm anglikan cherkovinni noo’rin siyosatlarini qoralab xalqqa katta engillik, huquq va imtiyozlar berishni targ’ib etishi tufayli asosiy e’tiqodga aylanib bordi.
Bunga javoban Styuartlar sulolasining vakillari qirol Yakov I (1603-1625) va uning o’g’li Karl Ilar (1625-1649) boshqaruvlari davrida puritianlar va parlament har qanday muxolifatga qarshi keskin choralarni amalga oshirdi. Karl I ning parlamensiz boshqaruv davri (1629-1640), Shotlandiyaga qarshi urush va noo’rin soliq siyosati mamlakatda inqirozni yanada tezlashtirdi. Qirolning 1637 yil Shotlandiyadagi isyonini bostirish uchun parlamentni chaqirib xalqdan soliq yig’ishga harakat qilishi ham qirol va parlament o’rtasidagi ziddiyatlarni yanada kuchaytirdi. Natijada 1637 yil 6 mayda qirol parlamentni tarqatib yubordi. Parlamentning tarqatilishi mamlakatda ommaviy isyonlarga sabab bo’ldi.
Xalqning tazyiqi ostida 1640 yil 3 noyabrda qirol parlamentni qayta tashkil etishga majbur bo’ldi. Bu parlament 1653 yil 20 noyabrgacha faoliyat olib bordi. Parlamentdagilar o’z manfaatlaridan kelib chiqib inqilobchi dumaloqboshlar va royalist kavallerlarga bo’lindi. Parlamentning qirol hokimiyatini cheklashga harakat qilish ikki tomon o’rtasidagi urushlarni keltirib chiqardi. Inqilobiy Angliya fuqarolar urushi girdobida qoldi.
Fuqarolar urushi 1642 yil 22 avgustdan 1645 yil 14 iyulgacha davom etdi. Urushda imkoniyatlari yuqori bo’lgan parlament 1645 yil 14 iyunda Neyzbida qirol armiyasini tor-mor etdilar.
Absolyutizm ustidan qozonilgan g’alabada independent O.Kromvel armiyasinning xizmatlari katta bo’ldi. Hokimiyat parlament qo’liga o’tdi. Uzoq parlamentning islohotlari inqilobning davom etishiga qarshi bo’lgan yangi dvoryanlarning manfaatlariga bo’ysundirilgani uchun xalqning ahvoli yaxshilanmadi. Og’ir ahvolda Jon Lilbern boshchiligidagi levellerlar demokratik radikal g’oyalarni targ’ib etdilar. Harakat parlament buyrug’iga ko’ra tor-mor etildi.
Parlampentda independentlar va yuqori puritanlar- presviterianlar o’rtasida siyosiy kurash borardi. Independentlar armiya o’z qo’llarida ekanligidan foydalanib 1648 yil 5 dekabrda pokovnik Prayd yordami bilan parlamentni presviterianlardan tozaladilar.
1649 yil 4 yanvarda umum platasi Lordlarning qarshiligiga qaramasdan o’z hokimiyatini tasdiqladi. 1649 yil 30 yanvarda Karl I qatl etildi.
1649 yil mayda respublikaning e’lon qilinishi inqilobning eng yuqori nuqtasi bo’lib bu mohiyatiga ko’ra indipendentlar respublikasi edi. Indipendentlar burjuaziyasi parlament yordamida o’z hokimiyatini mustahkamlab, muxolifat kuchlar, levellerlar va dehqonlarning huquqlarini himoya qilgan diggerlar harakatini bostirish yo’lidan bordi.
Independentlar tashqi siyosatda an’anaviy mustamlakachilik urushlarini davom ettirib 1649 yil Kromvel armiyasining kuchi bilan Irlandiyani, 1651 yil 3 sentyabrda Karl I ning vorislari panoh topgan Shotlandiyani bosib oldi. 1653 yil fevralda dengiz va okeandagi asosiy raqib hisoblangan Gollandiya floti vayron qilindi. Urush hokimiyatda harbiylar ta’sirini ayniqsa Kromvel mavqeini kuchaytirdi.
Independentlarning noo’rin ichki va tashqi siyosati ularning ijtimoiy tayanchdan mahrum qildi. Bunday sharoitda yuqori doiralar qattiqqo’l hokimiyat tarafdori bo’lib, mavqei yuqori bo’lgan Kromvelning hokimiyatga kelishi uchun imkoniyat paydo bo’ldi.
1653 yil 20 aprelda Kromvel parlamentni tarqatdi. Hukmron doiralar Kromvel hokimiyatini mustahkamladilar. 1653 yil 16 dekabrda Kromvel o’zini Lord-protektor deb e’lon qildi. Mamlakat general leytenantlar boshchiligidagi 11 ta harbiy okrugga bo’lindi. 1657 yildan Lord-protektorlik nasldan naslga o’tadigan bo’ldi. Protektorlik davrida noo’rin soliq siyosati yuritildi. Cherkov soliqlari saqlanib qoldi. Ingliz moliya sanoat doiralari iqtisodiy manfaatlarni ko’zlab talonchilik urushlarining tashabbuskorlari bo’lishdi. 1654 yil Gollandiya flotiga yana bir marta zarba berildi. Ispaniyaga qarshi urush olib borilib 1655 yil Yamayka bosib olindi. 1658 yil Kromvel vafot etgandan so’ng protektorlik davri tugadi.
...