Essays.club - Получите бесплатные рефераты, курсовые работы и научные статьи
Поиск

XATB “Orient Finans” Yunusobod filialida ish yuritish, hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash jarayoni

Автор:   •  Июнь 8, 2023  •  Курсовая работа  •  10,159 Слов (41 Страниц)  •  80 Просмотры

Страница 1 из 41

                                                     Mundarija

1

XATB “Orient Finans” tarixi va tashkiliy tuzilishi.……………….………

3

2

XATB “Orient Finans” Yunusobod filialida kadrlar bilan ishlash tizimida kadrlarni rejalashtirish jarayoni……………….…………………………...

3

XATB “Orient Finans” Yunusobod filialida kadrlarni tanlash va ishga yollash jarayonlari……………………………………….………………...

4

XATB “Orient Finans” Yunusobod filialida ish yuritish, hujjatlarni rasmiylashtirish va saqlash jarayoni …………………………………

5

XATB “Orient Finans” Yunusobod filialida rag’batlantirish va mehnat motivatsiyasi………………………………………………….............….

7

Xulosa va takliflar ……………………………………………………….

47

8

Ilovalar …………………………………………………………………..

49

  1. XATB “Orient Finans” tarixi va  tashkiliy tuzilishi        

“Orient Finans” Xususiy Aksiyadorlik Tijorat Banki O‘zbekistonda                2010-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va kompaniyaga odamlarning uzoq muddatli hurmat va sodiqligini paydo qiladigan sifatli xizmat ko‘rsatishdagi o‘z tajriba va kuchini ishga solyapti. Bank mijozlarining hayoti va mehnatini yaxshi tarafga o‘zgartirishga, vaqtini tejashga, ularni zerikarli ishlardan xalos qilishga harakat qiladi.

"Orient Finans" XATBning missiyasi — universal va barqaror moliyaviy tashkilot qiziqishlarini hisobga olgan holda sifatili bank xizmatlari bozorida mustahkam o‘ringa ega bo‘lish.

"Orient Finans" XATBning maqsadi — mijozlarining barqarorligini saqlab qolish, ishonchli hamkor bo‘lish, mijozlar manfaati  yo‘lida faoliyatni ehtiyotkorlik bilan yo‘lga qo‘yish.

O‘z maqsadiga erishish uchun bank operatsiyalarining eng yuqori rentabelligiga erishadi, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishadi, xizmatlar to‘plamini kengaytirib va barcha iste’molchilar (korporativ mijozlar, xususiy shaxslar, kichik va o‘rta biznes korxonalari) uchun yangi texnologiyalarni rivojlantiradi.

Ishimizning asosiy tamoyillari:

  • mijozlar biznesini chuqur anglash;
  • mijozlarning shaxsiy menejmenti;
  • individual yondashuv;
  • eski va yangi mijozlarga birdek e’tibor;
  • tezkor qaror qabul qilish.
  • professionallar jamoasi bo‘lishga intilish:
  • bank maqsadini ro‘yobga chiqarish uchun o‘z mahoratini doimiy tarzda rivojlantirib va takomillashtirib borish.

Bankning korporativ qadriyatlari — jamoaviy ruh, yangicha fikrlash, ijobiy munosabat, ajoyib sifat — bank missiyasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Mijozlarga keng  ko‘lamdagi bank xizmatlarini taqdim etgan holda, bank mamlakat iqtisodini ko‘tarish va rivojlantirish uchun asoslar va sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishga intiladi. O’z mijozlariga xizmatlarni taqdim etishda “Orient Finans bank” professionalizmning yuqori standartlariga muvofiq bo‘lish, yangiliklarni qo‘llash, yangi g‘oyalarga ochiqlik, fikrlardan foydalanish hamda qat’iy va izchil faoliyatni amalga oshirishga sodiqdir. Bankning mijozlari bilan o‘zaro munosabatlari uzoq muddatli va mustahkam bo‘lishi uchun “Orient Finans bank” bundan keyin ham sifatli xizmatlar ko‘rsatishni davom ettirish niyatida.

Bank strategiyasi. Bankning mamlakat iqtisodiyotidagi salohiyatini oshirishda ishtiroki:

  • iqtisodiyotning real sektoridagi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish;
  • investitsion xarakterga ega bo‘lgan kreditlari hajmini yanada oshirib borish;
  • iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi korxonalarni, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha to‘plangan tajribani yanada mustahkamlash, yosh oilalar, qishloq xududlarida servis sohasini rivojlantirishni kreditlashga alohida e’tibor qaratish.

Kadrlar siyosatining ustuvorliklari:

  • xodimlarni doimo malakasini oshirib borish, chet tili va zamonaviy dasturiy ta’minotni o‘rgatib borish;
  • mehnat staji katta tajribali xodimlar, rahbarlar va yosh mutahassislar o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish orqali, Ipoteka-bank tizimida to‘plangan tajribalarni keyingi avlod xodimlarida ham saqlab, rivojlantirib borishini ta’minlash;
  • kadrlarga bo‘lgan talabni oldindan o‘rgangan holda oliy o‘quv yurtlaridan muvaffaqiyatli bitiruvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish va birinchi navbatda filiallarni ular bilan ta’minlash;

“Orient Finans” Xususiy Aksiyadorlik Tijorat Banki O’zbekiston Respublikasining “ Banklar va banklar faoliyati haqida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi”, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun va qonun osti hujjat aktlarida, shuningdek, Markaziy Banknin me’yoriy hujjatlarida ko’rsatilgan tartibda tashkil qilinadi va faoliyat yuritadi.

            Filial yuridik shaxs hisoblanmaydi. Uning majburiyatlari bo’yicha “Orient Finans” XATB mas’uliyatga ega. Filial o’z faoliyatida qonunlar, kreditlash, hisob-kitob va kassa amaliyotlarini yuritish bo’yicha qoidalar, bank faoliyatiga tegishli boshqa me’yoriy hujjatlar, “Orient Finans” XATB Ustavi, “Orient Finans” XATB nizomi, Bank aksiyadorlari umumiy yig’ilishi, Bank Kengashi, Boshqaruvi qarorlariga muvofiq ish yuritadi.

 Filial alohida balansga, “Orient Finans” XATB nomi ko’rsatilgan shtamp, blankalar va bankning firma belgisi tushirilgan yumaloq muhrga ega. Filial faoliyatini taminlash uchun “Orient Finans” XATB unga zarur mablag va boshqa mulk biriktiradi. Filial o’zining Nizomiga muvofiq, unga berilgan huquq doirasida ajratilgan mablag’ va mulkka egalik qiladi. Filial majburiyatlari bo’yicha davlat javobgar emas. Davlat majburiyatlari bo’yicha Filial javobgar emas.

...

Скачать:   txt (87.5 Kb)   pdf (411.4 Kb)   docx (257.8 Kb)  
Продолжить читать еще 40 страниц(ы) »
Доступно только на Essays.club