Suv nuqtalari bo‘yicha gidroizogips xaritasini tuzish. Xaritadagi asosiy oqim elementlarini aniqlash
Автор: Fatxullo • Май 16, 2024 • Реферат • 759 Слов (4 Страниц) • 83 Просмотры
6-7-8- amaliy
Suv nuqtalari bo‘yicha gidroizogips xaritasini tuzish. Xaritadagi asosiy oqim elementlarini aniqlash.
Grunt suvlarining sathi u yoki bu maydonlar bo‘ylab doimo bir xil bo‘lmasligini hamda yillar, fasllar mobaynida o‘zgarib turishini hisobga olib, ma’lum davrlar uchun gidroizogips xaritalar tuziladi. Bu xaritalar asosini grunt suvlari sathining bir xil mutlaq yoki nisbiy balandlik nuqtalari bo‘yicha birlashtirib turuvchi chiziqlar tashkil etadi. Gidroizogips xaritasi topografik xaritalarga o‘xshab ketadi. Topografik xaritalardagi gorizontal chiziqlar dengiz sathiga nisbatan bir xil balandlik nuqtalarini birlashtirib tursa, bu xaritadagi gidroizogips chiziqlari grunt suvlarning bir xil sath balandliklarini birlashtirib turadi (13.3-rasm).
Grunt suvlarining sath balandliklarini aniqlash topografik xaritalar yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun grunt suv sath chuqurligining o‘zgarishini o‘rganish maqsadida qazilgan quduqlar topoxaritaga tushiriladi, ularning dengiz yuzasiga nisbatan balandligi aniqlanib, kuzatish jurnaliga yozib boriladi. Shuningdek, kuzatish jurnaliga har bir quduqdagi maxsus asboblar (13.4-rasm) yordamida o‘lchangan grunt suvining sath chuqurligi ham yozib boriladi. Quduq joylashgan joyning mutlaq
[pic 1]
13.3-rasm. Gidroizogips xaritasi (Y. Ergashevdan). 1 — burg‘i qudug‘i; 2 — shurf; 3 — gidroizogips chizig‘i va uning mutlaq balandligi, m. Raqamlar, chapdan: suratda — quduq va shurf nomeri, maxrajda — yer osti suvigacha bo‘lgan chuqurlik, m; o‘ngdan suratda quduq yoki shurf joylashgan joyning mutlaq balandligi, m; maxrajda — yer osti suvi sathining mutlaq balandligi; 4 — yer osti suv oqimining yo‘nalishi.
[pic 2]
13.4-rasm. Yer osti suvlari sathini o‘lchaydigan asboblar; a — po‘kakli o‘lchagich; b — ovoz beruvchi o‘lchagich (xlopushka); d — elektrik o‘lchagich.
balandligidan suv sathigacha bo‘lgan chuqurlik qiymati ayirib tashlansa, quduqdagi grunt suvi sathining mutlaq balandligi chiqadi. Masalan, 16.3rasmdagi quduqning mutlaq balandligi 506,5 m, ana shu balandlikdan turib o‘lchangan grunt suvining sath chuqurligi 5,5 m. Bunda grunt suvi sathining mutlaq balandligi 506,5-5,5=501 m bo‘ladi. Ana shu yo‘sinda hamma quduqlardagi grunt suvi sathlari hisoblab chiqiladi. Bir xil balandlikdagi nuqtalar bir-birlari bilan birlashtirilib, gidroizogips chizig‘i o‘tkaziladi. Agarda quduqlar oralig‘idan qo‘shimcha gidroizogips chiziqlari o‘tkazish lozim bo‘lib qolgudek bo‘lsa, ana shu bir-biridan ma’lum masofadagi ikki quduqdagi grunt suvlari sathlarining mutlaq balandliklari farqi topilib, farq ikkala quduq oralig‘idagi masofaga bo‘linadi. Masalan, 5 va 6-quduqlardagi (13.3-rasm) grunt suvlari sathlarining mutlaq balandligi farqi 501-497=4 m, masofa 4 sm, bunda har bir sm ga 1 m balandlik farqi mos keladi. Shu bilan yer osti suvlarining 500, 499, 498 m ga teng bo‘lgan oraliq nuqtalarini topishga muyassar bo‘linadi. Shu yo‘sinda boshqa quduqlar oralig‘idagi nuqtalar ham aniqlanib, olingan hamma natijalar asosida mukammal gidroizogips xaritasi yaratiladi.
Amaliyotda grunt suvlarining oqim qiyaligini hamda suv harakat yo‘nalishini bilish katta ahamiyatga ega. Chunki qiyalik qancha katta bo‘lsa, suv oqim tezligi ham shuncha katta bo‘ladi. Suv oqimi qiyaligini ikki gidroizogips chizig‘i balandliklarini hisobga olgan holda quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
[pic 3]
bu yerda: Jq — grunt suv oqimining qiyaligi;
H1 — birinchi gidroizogips chizig‘i o‘tgan mutlaq balandlik; H2 — ikkinchi gidroizogips chizig‘i o‘tgan mutlaq balandlik; l — birinchi va ikkinchi gidroizogips chiziqlari orasidagi topografik xarita masshtabini hisobga olib aniqlangan masofa.
...