Psixologiya fanidan Mustaqil ish
Автор: Umed Karimov • Декабрь 10, 2023 • Контрольная работа • 4,253 Слов (18 Страниц) • 123 Просмотры
Psixologiya fanidan Mustaqil ish
Topshiriqlar jarayoni:
-Diqqat
-sezgi
-Idrok
-Xayol
-Xotira
-Tafakkur
-Intellekt va kreativlik
Esse yozish.
15 ta test savollari.
15 ta glassariya tuzish
20 sahifadan iborat taqdimot tuzish
Mavzularni konspektlash.
Diqqat
Reja:
1.Diqqat faniga kirish.
2.Diqqatning nerv-fiziologik tushunchalari.
3.Diqqatning turlari.
4.Diqqatning mexanizmlari.
5.Shaxsda diqqatning o’sishi.
Kishi aqliy faoliyatning barcha turlarida diqqat ishtirok rol o’ynaydi. Shu bois diqqat inson faoliyatning barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim narsalardan biridir. Diqqat deb kishi ongining bir vaqtning o’zida hech narsaga chalg’imasdan voqealikdagi muayyan predmet yoki hodisalarga yo’naltirilganini aytdi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki diqqat sezgi, idrok, xotira, taffakur, xayol, nuqt kabi bu alohida psixik jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning maxsuldorligini oshirishga ta’sir etadi.Shu bois diqqat qaratilgan obyektlar ong to’plangan nuqtasida aniq yaqqol namoyon bo’ladi. Demak diqqat aqliy jarayonlarning sifati maxsuldorligi va samaradorligini ta’minlovchi insoning ichki faolligidan iboratdir.Shuningdek u har qanday inson faoliyatning zaruriy shartdir.
Diqqat hamma vaqt ixtiyoriy ongli ongimiz bir nuqtaga to’planadi va ongning doirasi kengayadi. Shutufayli ongning doirasi juda ham tanqinlashadi. Shunga diqqatning fokusi deyiladi. Diqqatning fokusiga tushgan hamma narsalar aniq va tiniq aks ettiriladi.
Diqqat psixikasining turli xil ko’rinishlari: idrok va tafakkur, xotira va xayol, hissiyot va irodaviy harakatning muhim tomoni hisoblanadi.U bilan eshitib tursak, uzoqdan eshitilayotgan so’zlarni yaxshi idrok tahlil qilamiz.
Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini ta’minlovchi ichki faollik bo’lib hisob qilamiz. Shuning uchun diqqat o’qish faoliyatining zaruriy shrtlaridandir. Diqqat ong bilan birgalikdagi jarajonlardir. Ikkinchidan kishining ichki jarayonlaridir. Rus psixologi K.D.Ushinskiyning aytishicha: “Diqqat ruxiy hayotimizning yagona eshigidirki, ongmizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshikdan o’tib kiradi”
Diqqatning fiziologik asosi bosh miya po’stlog’ining ayrim qismlarida qulay qo’zg’alish markazining hosil bo’lishidir. I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induksiyasi qonuni diqqatning fiziologik asoslarining tushunib olishda muhim ahamiyatga egadir. Shu qoidaga asosan bosh miya po’stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonnini yuzaga keltiradi va aksincha ham bo’lishi mumkin.
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantalik prinsipi ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Dominantalik prinsipiga asosan miyada qo’zg’alishlarning har doim ustun turadigan ustuvor o’chog’I mavjud bo’adi. Bu ustuvor qo’zg’alish o’chog’I ayni shu damda miyaga ta’sir etib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo’zg’alishlarni qandaydir ravishda o’ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo’zg’alishlarga nisbatan uning ustuvorligi yanada oshib ketadi. Qolgan qo’zg’alish o’chog’lari subdominanta deyiladi. Lekin dominant qo’zg’alish o’chog’I subdominantaga va aksincha bo’lishi ham mumkin.
Mavzu:Sezgi
1.Sezgi haqida tushuncha.
2.Sezgi turlari.
3.Sezgilarning nerv-fiziologik turlari.
Malumki odam organism hamma vaqt tashqi dunyo bilan munosabatda bo’ladi.Tashqi ko’rsatuvchilarning sezgi organlarimizga “ko’z, quloq, burun h.k” uzluksiz tasir ko’rsatishi tufayli sezgi vujudga keladi. Sezgilarda insonni o’rab turgan olamdagi hamma va hodisalarning turli xil belgi va xususiyatlari aks ettiradi. Chunonchi yoriqli nurlari tufayli ko’rish sezgisi havo to’lqinlarining quloqqa ta’siri natijasida eshitish sezgisi nafas olish orqali burun bo’shlig’iga havo zarrachalarining ta’siri tufayli sezgisi biron narsaning qo’l kafti yoki teriga tasiri natijasida teri “taktil” sezgilari hosil bo’ladi.
Odamning tashqi dunyoni idrok qilishi sezgidan boshlanadi. Shuning uchun sezgilar o’z mohiyati jihatidan shaxsning barcha bilimi uchun asos manba hisoblanadi. Sezgilaesiz tashqi dunyo predmetlari va voqealarini bilish imkoniyatidan mahrum bo’lgan edi.Chunki idrok, xotira, tassavur va xayol kabi ruhiy jarayonlar sezgilar tufayligina hosil bo’ladi.
Psixologiya fanidan sezgilarning yuzaga kelishi ularning nerv mexanizmlari haqidagi ilmiy ta’limotni mashhur rus psixologik I.P.Pavlov kashf etdi. Bu haqidagi ilmiy g’oyalar mashhur olimning analizatorlar haqidagi ta’limotida o’z ifodasini topgan.
Sezgilar yordamida odam barcha predmetlarga xos bo’lgan xossa va xususiyatlarni anglab bilib oladi va ulardan o’z ehtiyoji uchun foydalanadi. Sezgilarning ikkinchi muhim tomoni shundaki odam o’z organizmlarni sezgilar tufayli tashqi nohush tasirlardan himoya qiladi. Masalan issiqdan sovuqdan iqlanish kabilar og’irliqni, achchiqni, sezganda odam ulardan o’zini himoya qiladi. Agarda qo’lga biron narsa urilsa yoki sanchilsa odam darhol qo’lini tortib oladi. Nohush ta’sirotlardan o’zini himoya qiladi.
Sezgilarning muhim tomoni shundaki sezgilar tashqi dunyo to’g’risidagi odam bilimlarning manbayi. Darhaqiqat odam sezgilari orqali bilmasa boshqacha yo’l bilan tashqi olamdagi na bironxil jismni na bironxil harakatni bila oladi. Demak sezgilar bilish jarayonlar jumlasidan bilib idrok, xotira, xayol, ko’z nervi yoki katta yarim sharlar po’stlog’ini ko’rish markazi zararlansa ko’rish sezgisi yuz bermaydi.
Shunday qilib odamning fel atvori va taqdirini aniqlashda ko’z muhim rol o’ynaydi. Uning barcha xislat va xususiyatlarni namoyon etuvchi muhim yuz azosi bo’lib xizmat qiladi.
...