Essays.club - Получите бесплатные рефераты, курсовые работы и научные статьи
Поиск

Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi

Автор:   •  Октябрь 8, 2024  •  Курсовая работа  •  5,263 Слов (22 Страниц)  •  27 Просмотры

Страница 1 из 22

  [pic 1]

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI

OLIY TА’LIM, FАN VА INNOVАTSIYALАR VАZIRLIGI

[pic 2]

“TIQXMMI” MTUning

QАRSHI IRRIGАTSIYA VА АGROTEXNOLOGIYALАR INSTITUTI

Chorvachilik va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakulteti

5313400- “Geodeziya va Geoinformatika” ta’lim yo’nalishi

410-guruh talabasi Xazraqulov Sirojiddinning

Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti

H I S O B O T I[pic 3]

                           

 Bajardi:          _________    S.Xazraqulov

                     

                       Qabul qildi:          _________   F.Safarov

«____»____________2024-yil

Qarshi – 2024-yil

M U N D A R I J A

Kirish

I.Bob. I.1. Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotining maqsadi va vazifasi

I.2. Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotining  mazmuni

I.3. Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti  bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga qo‘yiladigan talablar

I.4. Ishlab chiqarish amaliyotining  ob’ektlari

I.5. Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazilishini tashkil etish

I.6. Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tishda talabalarning vazifalari

I.7. Ishlab chiqarish amaliyoti raxbarining vazifasi

II.Bob. II.Bob. Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi

II.1. Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi kasbiy faoliyatlarining sohalari, ob’ektlari va turlariga muvofiq kasbiy vazifalari

II.2. Ilmiy-tadqiqot faoliyatida:

II.3. Muhandislik-qidiruv va loyihaviy-konstruktorlik faoliyatida:

II.4. Ishlab chiqarish-texnologik faoliyatida:

II.5. Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida:

III.bob. Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risida

III.1. Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida

IV. Bob. Amaliyot davrida bajarilgan ishlarning tushunchasi

IV. “Qarshi geo-centre” MCHJ MCHJ Qarshi filiali tuzilmasi va vazifasi.

IV.2. Qidiruv va qazib olish quduqlarini burg'ulash

IV.3.  Muhandislik-geodeziya ishlari

IV.4. Muhandislik va geologik ishlar

IV.5. Muhandislik va geofizik ishlar

IV.6. Yerdagi lazerli 3D skanerlash

Amaliyot davrida bajarilgan ishlarning nusxalari

Xulosa

Foydalanilgan adabiyot va manbalar

K I R I SH

O‘zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi” va “Davlat yer kadastri to’g’risida”gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasi 1998 yil 31 dekabrdagi 543-sonli, “O’zbekiston respublikasida davlat yer kadastrini  yuritish to’g’risida”gi qarori, O’zbekistan Republikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentyabrdagi PF-6061-sonli “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Qashqadaryo viloyatining barcha tumanlari sug’oriladigan qishloq xo’jaligi yer maydonlarining tuproqlari sifatini baholash  (bonitet bal)  hamda xaritaga tushirish ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida muhim  ahamiyatga ega bo’lgan yer turlaridan biri - ekin yerlari bo’lib, ular ichida sug’oriladigan yerlar qishloq xo’jaligida alohida ahamiyat kasb etadi.  Hozirgi kunda qishloq xo’jalik yerlarining fermer xo'jaliklardagi taqsimlab berilishi yerga bo’lgan talabi, kuchaytirish munosabatlarining tubdan o’zgarishga olib kelmoqda.

  So’nggi yillardagi qishloq xo’jaligida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlarning negizi bebaho xazinamiz bo’lgan yer resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanishga Hukumatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilayotganidir.

Ishlab chiqarishning har qanday vositalaridan oqilona, samarali hamda imkoni boricha toʼlaroq foydalanish eng avvalo, ya’ni birinchi galda uning asosiy va muhim xususiyatlarini bilish, oʼrganishga, shuningdek ularni oʼz joyida qoʼllashga koʼp jihatdan bogʼliqdir. Bu qoida boshqa ishlab chiqarish vositalari qatori yerga, ya’ni ishlab chiqarishning ajralmas boʼlagi hisoblangan yer resurslariga ham taalluqli boʼlib, Respublika hududlarida joylashgan turli tuman shart-sharoitlariga ega boʼlgan, turli huquqlar asosida foydalanilayotgan yerlarni oʼrganish, hamda ularning tuproq sifatini baxolash, va baholash ma’lumotlaridan foydalangan holda qishloq xoʼjaligi ishlab chiqarishni tashkil etish, yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish, qishloq joylaridagi aholi turmush darajasini tubdan yaxshilashni talab qiladi. Bu esa, oʼz navbatida, ushbu hududdagi mavjud ishlab chiqaruvchi kuchlarni bozor munosabatlariga mos ravishda rivojlanishini, asosiy milliy boyligimiz hisoblangan yerdan foydalanishni tashkil etishda muhim amaliy ahamiyatga ega boʼladi. Shunday ekan, yerdan foydalanishni, ayniqsa qishloq xoʼjaligidagi yerlardan foydalanishni huquqiy jihatdan tartibga solish, miqdoriy va sifat xisobini doimiy ravishda yuritib borish, ularni baholashni amalga oshirish, hullas bunday yerlar toʼgʼrisida huquqiy, miqdoriy, sifat va qiymat axborotlarini shakillantirish davlatning asosiy tadbirlaridan biri hisoblangan yer kadastrlarida amalga oshiriladi. Qayd qilish zarurki, Oʼzbekiston Respublikasining «Yer kodeksi», «Davlat yer kadastri toʼgʼrisida» gi qonuniga va boshqa qonuniy meʼyoriy xujjatlariga binoan  Davlat yer kadastri –yerlarning tabiiy, xoʼjalik va huquqiy tartibi toʼgʼrisidagi, ularning toifalari, sifat koʼrsatkichlari va qiymati toʼgʼrisidagi, yer uchastkalarining joylashgan oʼrni va oʼlchamlari toʼgʼrisidagi, ularni yer uchastkalarining mulkdorlariga, yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga taqsimlash toʼgʼrisidagi zarur ishonchli maʼlumotlar va hujjatlar tizimidan iborat. Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish, yerdan oqilona foydalanish va uni muxofaza qilishni, yer tuzish va yer monitoringini tashkil yetish, yer uchun toʼlanadigan haq miqdorlarini asoslash, hoʼjalik faolyatiga baho berish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer toʼgʼrisidagi ma’lumotlar bilan taʼminlash maqsadida yuritiladi.

...

Скачать:   txt (49 Kb)   pdf (566.2 Kb)   docx (1.1 Mb)  
Продолжить читать еще 21 страниц(ы) »
Доступно только на Essays.club