Essays.club - Получите бесплатные рефераты, курсовые работы и научные статьи
Поиск

Шпаргалка по "Иностранному языку"

Автор:   •  Апрель 22, 2018  •  Шпаргалка  •  24,649 Слов (99 Страниц)  •  453 Просмотры

Страница 1 из 99

  1 Qadimgi dunyo olimlari  ekologiyaning rivojlanishiga qanday hissa qo‘shdilar?

Ekologik bilimlar  elementlari antik dunyo va O‘rta  asrlarda  yashagan ko‘p  olimlarning  asarlarida  topilgan. Er. avv. VI-II asrlarga mansub qadimiy misr, hind, xitoy va  yevropa  manbalaridan hayvonlar va o‘simliklarning hayoti hamda sonidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot olishimiz  mumkin.

Hayvonlar ekologiyasining ilk ta’riflarini hind va qadimgi grek traktatlarida ko’rishimiz mumkin:

“Ramayana”, “Maxabxarata” (e.a. VI-I asrlar) hind traktatlarida – hayvonlar (50 dan ortiq) hayoti obrazi, yashash joylari, oziqlanishi, ko’payishi, sutkalik aktivligi, tabiiy sharoit o’zgargandagi hulq-atvori.

Gippokrat (er. avv. 460-377 yy.)  muhit omillarining insonlar salomatligiga ta’siri to‘g‘risida g‘oyalarni  ilgari surgan. Aristotel (er. av. 384-322 yy.) hayvonlarni yashash tarzi va ovqatlanish usuliga ko‘ra tasnifladi – “Hayvonlar tarihi”. U hayvonlarning 500 dan  ortiq turlariga  ta’rif bergan va ularning  harakatlari haqida yozgan: baliqlar qishda uyquga ketishi, qushlar o‘zga yurtlarga uchishi, kakkuning parazitizmi va h. k.lar to‘g‘risida.

O‘rta asrlarda tabiat to‘g‘risidagi  fanlar diniy dogmatizm  va sxolastika sababli sekin rivojlangan. Nemis kimyochi olim va  shifokori T.Paratselsning (1493-1451 yy.) asarlari e’tiborga loyiq. Uning  tabiiy omillarni dozalash to‘g‘risidagi  g‘oyalari XIX asrda YU.Libix va V.Shelfordlarning asarlarida rivojlangan edi. Uyg‘onish  davrida amalga  oshirilgan buyuk geografik kashfiyotlar yangi  mamlakatlarning mustamlakalashuvi, tabiat to‘g‘risidagi fanlar  rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qildi.  Mazkur  davr yangi yerlar, ulardagi o‘simlik va hayvonot  dunyosining ta’rifi bilan  mashxur,  organizmlarga ob-havo-iqlimiy va boshqa omillarning ta’siriga ham katta e’tibor  berilgan.

Mavjudotning uning “organik va noorganik muhitida” ta’riflaydigan bilimlarda ehtiyoj Aristotel davridan boshlanadi (er. av. 384-322 yy.). Ekologiyaning fan sifatida rivojlanishi tarixida uchta asosiy bosqichni ajratish mumkin.

XVIII asrda botanik va zoologik kuzatuvlar shvetsiyalik tabiatshunoslik olim Karl Linneyning (1707-1778 yy.) “Tabiat tizimi” nomli  asarida umumlashtirildi. Unda havonlar va o‘simliklarni ilmiy tizimlashtirish asoslari  berildi. Olim  turlarning doimiyligi gipotezasini taklif etgan bo‘lsa ham,  biroq yashash  sharoiti ta’siri ostida boshqa turlarning paydo  bo‘lishini tan olgan. Buyuk fransuz  tabiatshunos Jan Batist  Lamark  (1744-1829 yy.) o‘zining  “Zoologiya falsafasi” nomli  kitobida muhitning organizmlarga ta’siri to‘g‘risida savolni birinchi bo‘lib  qo‘ydi, lekin ularni yashash muhitiga  munosabatining sabablarini tushuntira olmadi.

Organik dunyo evolutsiyasining asosiy omillarini ochib bergan CH.Darvinning (1809-1882 yy.)  tadqiqotlaridan so‘ng, nemis zoologi E.Gekkel (1834-1919 yy. ) CH.Darvinni “yashamoq uchun kurashmoq” degan iborasi biologiyaning mustaqil sohasi ekanligini birinchilardan bo‘lib tushunib yetdi. E.Gekkel uni “ekologi” deb nomladi (1866 y.). Mustaqil  fan sifatida ekologiya  XX  asrning  boshida butunlay shakllandi. Bu davrda amerikalik olim  CH.Adame (1913 y. ) ekologiya bo‘yicha dastlabki hisobotni tuzadi, boshqa muhim umumlashtirishlar va hisobotlar chop etiladi (V.Shelford, 1913 y. , 1929 y., CH. Elton, 1927 y.  , R.Gesse, 1924 y. ; K.Raunker, 1929 y. va b.). XX asrning eng yirik rus olimi V.I.Vernadskiy biosfera haqida fundamental ta’limotni yaratadi.

                            “Ekologiya” terminini  kim fanga kiritgan?

1866 y.da nemis biologi Ernst Gekkel  fanga  “ekologiya”  terminini  kiritdi  va bu termin  XX asrning  oxirida umume’tirof  etildi. U mazkur  so‘z  bilan tabiiy  muhitning  jonli  va  jonsiz  komponentlari o‘rtasida o‘zaro  bog‘liqliklar  majmuini  o‘rganuvchi biologiyaning yangi bo‘limini atadi. Mazkur  bo‘lim yangi  bilimlar  to‘plangani sari  mustaqil fundamental fanga aylandi.

“Ekologiya” so‘zi (yunoncha oykos – uy, turar joy va logos – ta’limot) “ekonomika” so‘zi bilan umummiy negizga  egadir (“ekonomika” – bu uy xo‘jaligini  yuritish  san’atidir). Afsuski, ekonomika ko‘p hollarda ekologiyaga qarshi chiqadi. Bir zumda iqtisodiy manfaat  olishga intilib, inson  o‘z uyini vayron qiladi.

Ekologiyaning klassik ta’rifi – jonli va jonsiz tabiatning o’zaro munosabatini o’rganuvchi fan.

Inson  yashaydigan turli  xil moddiy “uylar” orasida ekologiya ulardan eng oliysi – biosfera bilan aloqada  bo‘ladi. Biosfera – bu yaxlit  amal  qiladigan  va  rivojlanadigan jonli  organizmlar va muhit tizimidir. Organizmlar  nafaqat  yashash muhitiga moslashadilar, balki muhitni o‘zlariga moslaydilar ham, bunda  sayyoramizda hayotni  ta’minlovchi sharoitlarni  tartibga  solishning murakkab tizimi tashkil etiladi.  Aynan organizmlar o‘zlari  yashashi  uchun qulay bo‘lgan, Yerning geokimyoviy muhitini shaklantirishda asosiy  rolni o‘ynadilar

Ekologik  halokatlar.

Экологические катастрофы — это экстремальные ситуации, оставляющие после себя в окружающей среде токсические факторы, которые влияют на состояние природы, на человеческое здоровье.
В зависимости от масштабов, экологические катастрофы делят на локальные и глобальные.
Локальные экологические катастрофы приводят к тому, что гибнут или получают серьезные нарушения одна или более локальные экологические системы.
Глобальная экологическая катастрофа – это проблематичное происшествие, которое возникает тогда, когда превышается допустимый предел каким-либо внешним или внутренним влиянием на биосферу.
Обычно экологические катастрофы делят на антропогенные и природные или на природные, социальные и технологические. Природные катастрофы – это обычно стихийные бедствия, происходящие в результате освобождения земной энергии природными элементами (землей, огнем, воздухом, водой). Это извержения вулканов, землетрясения, оползни, лавины, наводнения, цунами, таяние ледников, тайфуны, торнадо, пожары, которые возникают от молнии или в результате извержения вулканов. Данные природные феномены порождают жертвы, когда доходят до городов и других жилых мест. Некоторые относят к природным катастрофам и биологические. Их вызывают флора и фауна. К ним относят эпидемии, нашествия саранчи, крыс, термитов, аллергические реакции.
Технологические катастрофы обычно характеризуются пожарами, прорывами плотин, разрушениями зданий, взрывами (газопроводов, складов боеприпасов, горючего), а также катастрофами на промышленных предприятиях, буровых морских платформах, морском, железнодорожном и авиационном транспорте, загрязнение почвы, воды и атмосферы.

...

Скачать:   txt (254 Kb)   pdf (1 Mb)   docx (1.1 Mb)  
Продолжить читать еще 98 страниц(ы) »
Доступно только на Essays.club