Контрольная работа по "Уголовному праву"
Автор: Qarshiyev Shoxrux Shavkatovich • Май 30, 2023 • Контрольная работа • 664 Слов (3 Страниц) • 149 Просмотры
3-kazus
Fuqaro A.ning arizasiga koʻra, 2019-yil 13-dekabr kuni Z.ga tegishli Chilonzor
tumani, 1-mavze, 7- uy, 6-xonadonda sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya
qilish yuzasidan Chilonzor tuman IIB HOOB profilaktika inspektori, tuman DSEN
inspektori, ―Xalqlar doʻstligi‖ mahalla raisi maslahatchisi va mahalla fuqarolari
bilan birga tekshiruv oʻtkazilganda hech qanday qoida buzilishi aniqlanmagan.
Shunday soʻng, uyning pastiga tushgach A. past niyatlarda, yaʼni oʻzining arizasida
koʻrsatilgan vajlar tasdigʻini topmagach Z.dan oʻch olish maqsadida uning erkiga
qarshi shu yerda boʻlgan fuqarolarga M.ni uning qizi emasligi, uni asrab
olinganligini aytib, farzandlikka olishning qonun bilan qoʻriqlanadigan sirini
oshkor qilgan.
1. A.ning xarakatlariga xuquqiy baxo bering. Bu yerda A ismli shaxs tomonidan
Z.ga nisbatan o‘ch olish maqsadi borligi sabab dastlab unga sanitariya va gigiena
talablariga rioya qilmayotganligini aytib tuhmat qiladi bu gaplar o‘z tasdig‘ini
topmagandan so‘ng farzandlikka olishning qonun bilan qo‘riqlanadigan sirini
oshkor qiladi, ya‘ni Z qizi o‘ziniki emasligi va uni asrab olganligi haqida atrofdagi
odamlarga aytib beradi.
2. Jinoyat sodir etish motivining jinoyat-huquqiy ahamiyatini yoriting. Jinoyat
sodir etish motivining jinoyat huquqiy ahamiyatiga keladigan bo‘lsak, Aybning
darajasini esa jinoyat sodir etishning barcha ruhiy holatlari (aybning shakli va
uning turlari, jinoyat sodir qilishning motivi va maqsadi, yetkazilgan zararning
miqdori va hokazolar) hisobga olingan holda aniqlanadi. Jinoyatning ijtimoiy
xavfliligi darajasini belgilovchi mezonlardan yana biri jinoyatning motiv va
maqsadidir. Masalan, JK ning 124- moddasida tamagirlik yoki boshqa past
niyatlarda qasddan bolani almashtirib qoʻyish uchun javobgarlik nazarda tutilgan
yoki 133-moddada shaxsning tirikligida roziligini olmasdan yoki oʻlganidan keyin
qarindoshlarining roziligini olmasdan gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda
murdaning aʼzolari yoki toʻqimalarini ajratib olish va hokazolar. Jinoyat sodir
qilgan kishi shaxsining oʻziga xos xususiyatlari ham jinoyatning ijtimoiy xavflilik
darajasini belgilashi mumkin. Masalan, voyaga yetmagan shaxs tomonidan jinoyat
sodir etish jazoni yengillashtiruvchi holat hisoblansa (OʻzR JK 55- moddasining 1-
qismining ―j‖ bandi), xavfli retsidivist yoki oʻta xavfli retsidivist tomonidan sodir
etilsa, jazoni ogʻirlashtiruvchi holat hisoblanadi. Motiv subyektiv tomonning
fakultativ belgisi hisoblanadi. Ayrim qasddan sodir etiladigan jinoyatlar uchun
javobgarlikni belgilovchi moddalarda jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisi
hisoblangan ayb shaklidan tashqari, jinoyatning motivi va maqsadi oʻsha jinoyat
tarkibi
...