Essays.club - Получите бесплатные рефераты, курсовые работы и научные статьи
Поиск

Oʻzbekistonda auditorlik faoliyatini me'yoriy-huquqiy tartibga solish tizimi va uning elementlari

Автор:   •  Май 17, 2023  •  Реферат  •  4,856 Слов (20 Страниц)  •  244 Просмотры

Страница 1 из 20

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

«Audit» fanidan

KURS ISHI

Mavzu: Oʼzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari

Bajardi: ХБАС-62 guruhi talabasi

D.J.Sharipova

Tekshirdi: i.f.n.,dots., F.T.Abduvaxidov

Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana

«____» _______2023 y.

Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana

«____» _______2023 y.

Kurs ishi himoya qilingan sana

«____» _______2023 y.

Baho«_____» _________

___________

(imzo)

___________

(imzo)

___________

(imzo)

Komissiya a'zolari:

__________________

__________________

__________________

TOSHKENT – 2023

Reja:

Kirish

Asosoy qism

1. Oʻzbekistonda auditorlik faoliyatini me'yoriy-huquqiy tartibga solish tizimi va uning elementlari.

2.Auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi.

3.Auditorlik faoliyatini tashkil qilishda auditning xalqaro standartlari.

4.Auditorlik faoliyatini tartibga solishda professional tashkilotlar roli.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

                                           Kirish

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy islohotlar, ijtimoiy hayotning turli jabhalaridagi keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, tub tarkibiy o‘zgarishlar jarayoni naqadar salmoqli natijalar berayotgani o’tgan yillardagi rivojlanish yakunlari misolida yana bir bor o‘z isbotini topdi. Iqtisodiyotni yanada  rivojlantirish sharoitida auditorlik xizmatlari bozorining rivojlanishi uchun sharoitlarni yaxshilash va auditorlik faoliyatini tartibga solishda xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “O‘zbekiston  Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi[1]. Bunday tadbirlarning amalga oshirilishi albatta auditorlik tekshirishlarning sifatini yanada yaxshilash imkoniyatini yaratadi. Mazkur qarorni qabul qilinishi esa xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda ularning faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratish lozimligini taqozo qiladi. Shu boisdan ham auditorlik tekshiruvida korxona moliyaviy salohiyatini tahlil qilish muhim vazifa hisoblanadi.

Moliyaviy salohiyati auditi uning moliyaviy faoliyatini yaxshilanishiga, xususiy va qarz mablag‘larining to‘g‘ri  nisbatda bo‘lishini ta’minlashga, moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. Shu bilan birga ularning moliyaviy barqarorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Zero, hukumatimiz tomonidan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish, auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy faoliyati samaradorligini baholash, moliyaviy sog‘lomlashtirish tizimini takomillashtirish borasida birqancha qarorlar qabul qilinishi ham xo‘jalik sub’ektlarida moliyaviy salohiyat samaradorligi auditini o‘tkazishni dolzarbligini va  amaliy  ahamiyatga ega ekanligini belgilab beradi.

Undan tashqari 2021-yil 4-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5210-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 15 avgustdan Moliya vazirligining quyidagi funksiyalari auditorlarning jamoat birlashmalariga o‘tkazilishi belgilab berildi:

▪auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini o‘tkazish;

▪auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish va uning amal qilishini tugatish;

▪auditorlarning malakasini oshirish dasturlarini tasdiqlash.

Qarorning qabul qilinishi natijasida auditorlik kasbi nufuzini va auditorlik xizmatlari bozorida auditorlar sonini hamda yoshlarni auditorlik kasbiga qiziqishini oshishiga, auditorlik xulosalarini ishonchililigini ta’minlanishiga, auditorlarni sertifikatlashtirishda shaffof va zamonaviy malakaviy imtihonlarni o‘tkazilishini ta’minlashiga olib keladi.

 Unda bugun mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo‘lida izchil ilgarilab borishini tahlil qilar ekanmiz, o‘tgan yili prinsipial muhim islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha qat’iy qadamlar qo‘yildi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.

Bu islohotlarning asosiy maqsadi - aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir.

Jadal va barqaror rivojlanishga qaratilgan bu siyosat bundan keyin ham so'zsiz davom ettiriladi deb qayd etildi. Binobarin, “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat budjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash - eng muhim ustuvor vazifamizdir”[2].

Jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi davlat dasturi ishlab chiqildi. Bu dasturda xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berildi.[3]

...

Скачать:   txt (40.9 Kb)   pdf (225.3 Kb)   docx (760.1 Kb)  
Продолжить читать еще 19 страниц(ы) »
Доступно только на Essays.club