Burg‘ulash ma’lumotlari orqali qatlamni yotish elementlarini aniqlash
Автор: Zokir Yuldoshev • Апрель 9, 2026 • Реферат • 995 Слов (4 Страниц) • 14 Просмотры
Aim.Uz
Burg‘ulash ma’lumotlari orqali qatlamni yotish elementlarini aniqlash
Reja:
- Yer yuzasiga chiqmagan qatlamning yotish elementlarini aniqlash
- Qatlamlarni normal (oddiy) va ag‘darilgan yotishlari
- Qatlam qadami
Adabiyotlar:
1. X.Chinniqulov, X.S. Xo‘jaev va b., Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash. T. 2007.
2. T.N.Dolimov, V.I.Troiskiy, «Evolyusion geologiya», Tashkent, Universitet, 2005.
3. E.X. Xolismatov, R.T. Zokirov, Strukturalar geologiyasi va geotektonik izlanishlar. O’kuv qo‘llanma, TDTU. Toshkent, 2004.
- Mixaylov A.E. Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra, 1973.
5. M.A. Axmadjonov, Q.Q. Nabiev va b., Geologik xaritalash. «O’qituvchi», T. 1990
6. SH. Sultonmurodov. Stukturalar geologiyasi va xaritalash. Toshkent, Konstuktor. 1992.
7. Pavlinov, Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra. 1979, chast’ 1 i 1990 chast’ 2.
8. Sokratov G.I. Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie – M.: Nedra. 1979.
9. www.geologiya.ru
Qatlamning yotish elementlarini hamma vaqt ham tog‘ kompasi bilan topishning iloji yo‘q, ayniqsa er yuzasiga chiqmagan qatlamlarda. Bunday sharoitda er ostidagi qatlamlarni yotish elementlarini topish uchun kernalardan yoki kamida 3 ta quduqdan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. Masalan bitta qatlamni aniqlash uchun 3 ta vertikal quduq qazilgan. 1-quduqning absolyut balandligi (dengiz sathidan balandligi) 490 m. bo‘lib izlanayotgan qatlam 350 m chuqurlikdan chiqqan, 2-quduqning absolyut balandligi 530 m bo‘lib, izlanayotgan qatlam 340 m chuqurlikda aniqlangan. 3-quduqning absolyut balandligi 520 m, izlanayotgan qatlam esa 410 m chuqurlikda. quduqlarni joylashishi 1:5000 masshtabli topografik xaritaga tushirilgan. quduqlardagi qatlamning absolyut balandligini topamiz. U quyidagiga teng: 1-quduq uchun 490-350=140 m, 2-quduq uchun 530-340=190 m, 3-quduq uchun 520-410=110 m. Demak biz qidirayotgan qatlam dengiz sathidan quduqlarga mos ravishda 140 m, 190 m va 110 m balandlikda joylashgan. Olingan ma’lumotlarni xaritaga tushiramiz va quduqlarni to‘g‘ri chiziq bilan tutashtiramiz (26-rasm).
[pic 1]
26-rasm. 3 ta vertikal quduq bo‘yicha qatlamning yotish elementlarini aniqlash. α – yotish chizig‘ining burchagi, β – yo‘nalish chizig‘ining burchagi, γ – qatlamning yotish burchagi
2 va 3 – quduqlar orasidan 1-quduqning miqdoriga teng qiymatni topamiz va 1-quduq bilan birlashtiramiz. hosil bo‘lgan chiziq izlanayotgan qatlamning yo‘nalish azimutini ko‘rsatadi. 2-quduqdan bu chiziqqa yo‘naltirilgan perpendikulyar chiziq qatlamni yotish azimutini ko‘rsatadi. A va B nuqtalar orasidagi farq 50 m ni tashkil qiladi. Buni yotish va yo‘nalish azimutlari kesishgan A nuqtadan o‘ng yoki chap tomonga masshtab bo‘yicha qo‘yilsa V nuqta hosil bo‘ladi. Va uni B nuqta bilan birlashtirami. ABV nuqtalar orasida hosil bo‘lgan burchak qatlamning yotish burchagini ko‘rsatadi (26-rasm).
qatlamni haqiqiy qalinligini topish
qatlamning haqiqiy qalinligini topishning bir nechta usullari bor.
- Agar kesma chizig‘i qatlamning yo‘nalish chizig‘iga perpendikulyar bo‘lsa:
[pic 2]
27-rasm. har xil holatdagi qiya yotgan qatlamlarni qalinligini topish
a) relef yuzasi gorizontal holatda bo‘lganda qatlamning qalinligi quyidagi formula yordamida topiladi: H=h * sin (27-rasm, a)
b) burgulash qudugidan olingan kerna yordamida qatlam qalinligi quyidagicha topiladi (27-rasm, b): H=h * cos.
v) qatlam va relef bir tomonga qiyaligida, qatlam relefga nisbatan qiyaroq bolganda uning qalinligi quyidagicha topiladi: H=h * sin(-) (27-rasm, v).
g) qatlam va relef bir tomonga qiyaligida, relef qatlamga nisbatan qiyaroq bolganda uning qalinligi quyidagicha topiladi: H=h * sin(-) (27-rasm, g).
d) relef yuzasining qiyaligiga qarama-qarshi qiyalikda yotgan qatlamning qalinligi quyidagicha topiladi: H=h * sin(+) (27-rasm, d).
Formulalarda N qatlamning haqiqiy qalinligi, h korinish qalinligi, - qatlamning yotish burchagi, - relef yuzasining qiyalik burchagi.
- Agar kesma chizigi qatlamning yonalish chizigiga perpendikulyar bolmagan holatda kesim chizigining yotish yonalishi ogishiga tuzatish kiritiladi. Bu tuzatish burchak orqali beriladi. Bunda qatlamning haqiqiy qalinligi P.M. Leontovskiy formulasi yordamida topiladi.
H = h * (sincossin cossin)
Bu erda: N qatlamning haqiqiy qalinligi, h korinish qalinligi, - qatlamning yotish burchagi, - relef yuzasining qiyalik burchagi, - kesmaning yonalish azimuti bilan qatlamning yonalish azimuti orasidagi burchak. + ishorasi relef va qatlam har tarafga qiya yotganda, – ishorasi relef va qatlam bir tarafga qiya yotganda olinadi.
...