Innovative technology
Автор: Nurmukhammed Karajanov • Июнь 10, 2023 • Реферат • 2,644 Слов (11 Страниц) • 113 Просмотры
[pic 1][pic 2]
[pic 3]
TURIZM SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA MOBIL INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘LLARI[pic 4][pic 5]
Erkayeva Gulbaxor Panjiyevna
Qarshi davlat universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
egulbahor@mail.ru
Vayskulov Ramazon Alisher o‘g‘li
Qarshi DU Turizm va marketing kafedrasi o‘qituvchisi. vayskulov97@mail.ru
DOI: https://doi.org/10.55439/EIT/vol10_iss5/a38[pic 6]
Annotatsiya
Ushbu maqolada turizm sohasida innovatsion texnologiyalarning ahamiyati, ulardan samarali foydalanish yo‘llari va o‘zgarish dinamikasi o‘rganilgan. Xalqaro reytinglardan foydalangan holda, sohani rivojlantirish uchun mobil texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: innovatsion texnologiya, mobil texnologiya, turistik infratuzilma, axborot texnologiya, turistik ilovalar, mobil ilovalar, mobil operatsion tizim
Аннотация
В данной статье рассматривается значение инновационных технологий в туризме, способы их эффективного использования и динамика изменений. С помощью международных рейтингов проанализированы возможности использования мобильных технологий для развития отрасли.
Ключевые слова: инновационные технологии, мобильные технологии, туристическая инфраструктура, информационные технологии, туристические приложения, мобильные приложения, мобильная операционная система.
Abstract
This article examines the importance of innovative technologies in tourism, ways to use them effectively and the dynamics of change. Using international rankings, the possibilities of using mobile technologies to develop the industry were analyzed
Key words: innovative technology, mobile technology, tourism infrastructure, information technology, tourism applications, mobile applications, mobile operating system
Kirish
urizm sohasi rivojlanishining hozirgi bosqichida axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minot muhim o‘rin tutadi. Texnologik taraqqiyot turizm faoliyatiga shiddat bilan kirib bormoqda, xususan, GPS navigatsiyasidan foydalangan holda mobil telefonlar uchun noyob
- tadbirkorlikning harakatlanuvchi yo‘nalishi hisoblanadi. Soha vakillari doimiy ravishda mijozlar bilan aloqada bo‘lishlari, har qanday vaziyatni masofadan turib muvofiqlashtirishlari, har qanday savol va sharhlarga imkon qadar tezroq javob berishlari, so‘nggi daqiqalargacha ham sayohatlar va ekskursiyalar putyovkalarini taklif qilishga tayyor bo‘lishlari kerak. Bunda turistik agentliklarga maxsus ishlab chiqilgan mobil ilovalar muhim yordamchi bo‘ladi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra hozirgi kunda dunyoda sayohatchilarning qariyb 75 % i o‘zlarining marshrutlarini online platformalar orqali amalga oshirishni rejalashtirmoqdalar. Bunday platformalar misol sifatida Agoda, Booking.com va Airbnb kabilarni kiritish mumkin. Sayohat qilayotgan turistlarning 70 %idan ortig‘i ijtimoiy tarmoqlar orqali sayohatlarini boshqalar bilan bo‘lishib borishadi. 35% atrofidagi turistik safarlar ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan ma’lumot va tavsiya qilingan manzillar orqali amalga oshirilmoqda1.
Shuni ta'kidlash kerakki, axborot tizimlarining rivojlanib borayotganiga qaramay, mamlakatimizning turizm sohasida mobil innovatsion texnologiyalardan foydalanish yetarli darajada emas. Turizm salohiyati yuqori bo‘lgan xorijiy mamlakatlarda axborot va mobil texnologiyalar sohaning ajralmas qismi hisoblanadi. Turistik salohiyatni oshirish maqsadida IT dasturchilari tomonidan biznesni rivojlantirishda mobil texnologiyalarni moslashtirish va yaratish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, “2019 — 2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasida turizm sohasini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan yangi xizmat turlarini innovatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish vazifasi belgilangan[1].
Kelajakda sayohatlarni amalga oshirish va bronlashtirishda mobil texnologiyalarning katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Zamonaviy operatsion tizimga ega bo‘lgan uyali aloqa vositalari sayyohlarga nafli bo‘lgan dasturlar paketlari bilan birgalikda, ularning vaqti va xarajatlarini tejaydi, safarlarda beminnat dastyor bo‘ladi. Biroq, bugungi kunda mobil texnologiyalarni rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan bir nechta omillarni ko‘rsatish mumkin. Bular jumlasiga foydalanuvchilarning smartfonlardan to‘liq foydalanishni bilmasliklari va to‘lov tizimidagi murakkabliklar hamda infratuzilmani rivojlanmaganligini kiritish mumkin. Ko‘pgina uyali aloqa egalari, ayniqsa katta yoshdagilar, telefonning ayrim funksiyalarini ishlata olmaydilar, undan faqat aloqa vositasi sifatida foydalanishadi. Bundan tashqari, elektron to‘lovlarni amalga oshirishdagi muammolar: xizmatni yo‘lga qo‘yilmaganligi, internet aloqasini yo‘qligi yoki tezligini pastligi, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq xavf-xatarlar, kiberjinoyat holatlarini mavjudligi kabi holatlarni mavjudligi mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi.
Shu nuqtai nazardan, maqolada mamlakatimizning turizm salohiyatini oshirish, xorijiy va ichki turistlarni jalb etishni kuchaytirishda mobil innovatsion texnologiyalarda foydalanish imkoniyatlari va yo‘llari asoslangan.
Mavzuga doir adabiyotlar tahlili
Turizm va unga yondosh sohalarda innovatsion texnologiyalardan foydalanish XX asrning so‘ngi yillaridan boshlab rivojlana boshladi. Aynan shu davrdan ko‘plab olimlar tomonidan turizmda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.
Xorijlik olimlardan U. Gretzel, M. Sigala, Z. Xiang, Ch. Ko tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarga ko‘ra, so‘nggi bir necha yil ichida turizm industriyasiga axborot-
...