Essays.club - Получите бесплатные рефераты, курсовые работы и научные статьи
Поиск

Ba'zi matnli masalalarni Python dasturlash tilida yechish bosqichlari

Автор:   •  Май 8, 2025  •  Научная работа  •  1,484 Слов (6 Страниц)  •  140 Просмотры

Страница 1 из 6

Ba'zi matnli masalalarni Python dasturlash tilida yechish bosqichlari

(Raxmonov Ixtiyor Xusanovich – Jizzax davlat pedagogika universiteti o’qituvchisi)

     UDK:519.681

Annatotsiya: Ushbu maqolada ba’zi matnli masalalarni Python dasturlash tilida yechish metodlari tahlil qilinadi. Matnli masalalarni algoritmik yondashuv bilan yechishning afzalliklari va dasturlashda qo‘llaniladigan asosiy usullar, jumladan, ifodalarni o‘qish, tahlil qilish va natijalarni chiqarish jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Pythonning matematik kutubxonalari va ma’lumotlar tuzilmalaridan foydalanish orqali murakkab masalalarni soddalashtirish imkoniyatlari yoritiladi. Maqolada amaliy misollar asosida matnli masalalarni bosqichma-bosqich yechish jarayoni yoritilib, ushbu yondashuvning ta’lim jarayonida qo‘llanilishi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar: matnli masalalar, Python, algoritmik yondashuv, dasturlash, ma’lumotlar tuzilmalari, ta’lim.

Аннотация: В данной статье анализируются методы решения некоторых текстовых задач на языке программирования Python. Рассмотрены преимущества решения текстовых задач с помощью алгоритмического подхода и основные приемы, используемые в программировании, включая процессы чтения выражений, синтаксического анализа и получения результатов. Он также охватывает возможности упрощения сложных задач с помощью математических библиотек и структур данных Python. В статье описан пошаговый процесс решения текстовых задач на практических примерах, а также рассмотрено использование данного подхода в образовательном процессе.

Ключевые слова: текстовые задачи, Python, алгоритмический подход, программирование, структуры данных, образование.

Annotation: This article analyzes methods for solving some textual problems in the Python programming language. The advantages of solving word problems with an algorithmic approach and the basic techniques used in programming, including the processes of reading expressions, parsing, and deriving results, are considered. It also covers the possibilities of simplifying complex problems by using Python's mathematical libraries and data structures. The article describes the step-by-step process of solving textual problems based on practical examples, and discusses the use of this approach in the educational process.

Keywords: textual problems, Python, algorithmic approach, programming, data structures, education.

Matnli masalalarni dasturlash yordamida yechish algoritmik tafakkurni rivojlantirish va muammolarni mantiqiy hal qilish qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi. Matnli masalalar mavzusida asosan matematika va kimyo fanlarini o’zaro bog’liqliklarini ko’rish mumkin.

Har qanday matnli masala bu hodisani (vaziyatni, jarayonni) tavsiflashdir. Shu nuqtai nazardan, matnli masala hodisaning (vaziyat, jarayon) og'zaki modelidir va har qanday modelda bo'lgani kabi, matnli masala ham butun hodisani bir butun sifatida emas, balki faqat ba'zi jihatlarini, asosan uning miqdoriy xususiyatlarini tavsiflaydi. Har qanday matnli masala ikki qismdan iborat - shartlar va talablar (savollar). Shartlarda ob'ektlar va ob'ektning ba'zi raqamli ma'lumotlari, ular orasidagi ma'lum va noma'lum qiymatlar to'g'risida ma'lumot beradi. Masalaga qo'yiladigan talablar - bu topish kerak bo'lgan ma’lumotdir. Bu buyruq yoki so'roq shaklidagi jumlalar bilan ifodalanadi.

Python dasturlash tili oddiy sintaksisi va kuchli imkoniyatlari bilan bunday masalalarni yechishda juda qulay vositadir. Ushbu maqolada ba'zi matnli masalalarning yechimlarini Python yordamida qanday topish mumkinligi haqida so‘z yuritamiz.

Matnli masalalarni dasturiy yechishda quyidagi bosqichlarni bajarish tavsiya etiladi:

  1. Masalaning shartini tushunish.
  2. Muammoni matematik modellashtirish.
  3. Algoritm tuzish.
  4. Dasturlash tilida kod yozish va tekshirish.

Masalaning shartini tushunish — har qanday masalani yechishning birinchi va eng muhim bosqichidir. Bu bosqichda masalada keltirilgan ma’lumotlarni yozib olish, nimani topish kerakligini aniqlash, berilganlar orasidagi mantiqiy bog’lanishlarni topish, masalaga oid matematik yoki iqtisodiy tushunchalarni aniqlash lozim. Masalaning shartini to‘g‘ri tushunish noto‘g‘ri yechimlar oldini oladi va optimal yondashuvni tanlashga yordam beradi.

Muammoni matematik modellashtirish — real hayotdagi muammoni yoki hodisani matematik ifodalar orqali tasvirlash jarayonidir. Bu bosqichda muammoning asosiy jihatlarini tushunish va matematik tilga o‘tkazish uchun uning tuzilishini aniqlab olish kerak. Masalan, fizik hodisalar, iqtisodiy jarayonlar yoki boshqa real dunyo masalalarini modellashtirishda kerakli ma'lumotlarni ajratib olish lozim. Masalaning turli jihatlari bilan bog’liq son, vaqt, tezlik, masofa, narx kabi o’zgaruvchilarni tanlash. Tanlangan o’zgaruvchilar va ulardagi bog’lanishlarni matematik formulalar, tenglamalar orqali ifodalash. Masalaning matematik modelini qurish va masalani yechishning arifmetik, algebraik, geometrik, mantiqiy, amaliy, jadval, kombinatsiyalashgan usullaridan mosini tanlab undan foydalanish kerak. Bu model matematik jihatdan muammoning barcha muhim jihatlarini ifodalashi kerak. Bu model amaliy ma’lumotlar bilan solishtirilib tekshiriladi va uning haqiqiy sharoitlarga mos kelishi aniqlanadi. Agar model to‘g‘ri bo‘lmasa, uni qayta ishlash lozim bo‘ladi. So’ngra modelni yechish orqali muammoning echimi topiladi.

Matematik modellashtirish orqali murakkab muammolarni soddalashtirib, yechimlar va prognozlar ishlab chiqish mumkin, bu esa ilmiy tadqiqotlar, iqtisodiyot, muhandislik va boshqa sohalarda katta ahamiyatga ega.

Algoritm tuzish — ma'lum bir vazifani yoki muammoni yechish uchun aniq va mantiqiy qadamlar bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqish jarayonidir. Algoritmlar har qanday masalani yoki jarayonni tizimli va samarali tarzda bajarishga yordam beradi. Algoritm tuzish bosqichida masala yoki bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar aniq belgilanishi kerak. Keyin ma’lumotlar tahlil qilinadi. Algoritmga kiruvchi va chiqish ma'lumotlari aniqlanadi. Kiruvchi ma'lumotlar (input) algoritmni boshlash uchun zarur bo‘lgan barcha ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi, chiqish ma'lumotlari (output) esa algoritmni bajarish natijasidir.Masalani hal qilish uchun bajarilishi kerak bo‘lgan barcha qadamlarni va ulardagi bog‘lanishlar aniqlanadi. Agar masala yoki jarayonda qarorlar qabul qilish kerak bo‘lsa, shartlar va tekshiruvlar qo‘shiladi. Masalan, "Agar shart A bo‘lsa, X ishini bajar, aks holda Y ishini bajar" kabi qoidalar kiritiladi. Agar algoritmda ko’plab keraksiz hisob-kitoblar yoki qadamlar uchrasa ularni optimallashtirish zarur. Tuzilgan algoritmni ishlatib  ko‘rish, u to‘g‘ri natijalarni beradimi, yoki ishlashda muammolar bo‘lishi mumkinligini aniqlash. Algoritmni testlab, turli kirish ma'lumotlari bilan uning ishlashini tekshirish kerak. Algoritm bajarilgandan so‘ng, chiqish natijalarini olish va foydalanuvchiga yoki tizimga taqdim etsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

...

Скачать:   txt (12.4 Kb)   pdf (159 Kb)   docx (13.9 Kb)  
Продолжить читать еще 5 страниц(ы) »
Доступно только на Essays.club