Essays.club - Получите бесплатные рефераты, курсовые работы и научные статьи
Поиск

Videooqim tezligini boshqarishdagi videotasvirlarni uzatish algoritmlarini tadqiq qilish

Автор:   •  Сентябрь 6, 2025  •  Лабораторная работа  •  2,450 Слов (10 Страниц)  •  2,105 Просмотры

Страница 1 из 10

№1-Laboratoriya mashg‘uloti

Videooqim tezligini boshqarishdagi videotasvirlarni uzatish algoritmlarini tadqiq qilish

Laboratoriya mashg‘ulotining maqsadi: Video tasvirlarni siqish algoritmlarini, videoma’lumotlarni siqish darajasini boshqarish algoritmini va vaqt birligida uzatiladigan kadrlar sonini tartibga soluvchi algoritmni o‘rganish; tadqiq qilinayotgan algoritmlarning xususiyatlarini o‘lchashni amalga oshirish.

Qisqacha nazariy ma’lumotlar. Video ma’lumotlar tarmoq orqali siqmasdan yoki siqilgan holda uzatilishi mumkin. Ikkinchi holatda bu “siqilgan video” deb ataladi. Videosiqmasdan uzatish uchun ma’lum formatlar belgilangan bo‘lib, ular ma’lum o‘tkazuvchanlik qobiliyatini talab qiladi. Shu bilan birga, o‘rnatilgan aniqlik darajasiga qarab, kadr butun ekran yoki uning bir qismini to‘ldirishi mumkin (1.1-jadval). Uzatishda umumiy oraliq format CIF (Common Intermediate Format), shuningdek, FCIF (Full CIF) deb ham ataladigan format qo‘llaniladi. Ushbu formatning standart hosilalari QCIF (Quarter CIF) va SQSIF (Subquarter CIF) formatlaridir.

1.1-jadval

O‘tkazuvchanlik qobiliyatiga talablari (siqilmagan video uchun)

Format

Gorizontal bo‘yicha kengaytma

Vertikal bo‘yicha kengaytma

Kadrdagi piksellar soni

Jo‘natish chastorasi,bir soniyadagi kadrlar

O‘tkazish qobiliyati,

Мbit/s

To‘liq экран

640

480

307 200

15

73

To‘liq экран

640

480

307 200

10

49

Ekraning 1/2 qismi

452

340

153 680

15

36

Ekraning 1/2 qismi

452

340

153 680

10

24

CI

352

288

101 376

15

24

CIF

352

288

101376

10

16

Ekraning 1/4 qismi

320

240

76 800

30

36

Ekraning 1/4 qismi

320

240

76800

15

18

QCIF

176

144

25344

30

12

QCIF

176

144

25344

15

6

1/16 экрана

160

120

19200

30

9

1/16 экрана

160

120

19200

15

4

SQCIF

128

96

12288

30

5

SQCIF

128

96

12288

15

2

Izoh: Barcha ma’lumotlar 16 bitli rang chuqurligi faraziga asoslangan.

Hozirgi kunda video ma’lumotlarni siqilmagan holda uzatish juda kam qo‘llaniladi. Buning sababi shundaki, bunday uzatish uchun keng o‘tkazuvchanlik talab qilinadi. Siqilmagan video ma’lumotlar, odatda, yetarli o‘tkazuvchanlikni ta’minlashda muammo bo‘lmagan tashkilotlar tarmoqlarida qo‘llaniladi.

Turli tasvir formatlari (tasvir hajmi, aniqligi va har soniyada uzatiladigan kadrlar soniga qarab) turli o‘tkazuvchanlik talablariga ega bo‘ladi. 1.2-jadvalda tasvir formatlari uchun o‘tkazuvchanlik talablariga oid ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu formatlar shaxsiy kompyuterlar dunyosida qo‘llaniladigan video standartlari (masalan, EGA, VGA va boshqalar) hamda televizion formatlar (masalan, PAL va SECAM) uchun ishlatiladi.

...

Скачать:   txt (26 Kb)   pdf (1.3 Mb)   docx (1.2 Mb)  
Продолжить читать еще 9 страниц(ы) »
Доступно только на Essays.club