So‘zlar
Автор: Dilshod KHUJAYEV • Март 18, 2024 • Реферат • 2,083 Слов (9 Страниц) • 68 Просмотры
Annotatsiya: Ushbu qo`llanmada so‘z turkumlari hamda ingliz va o‘zbek tillarida sifat so‘z turkumining o‘xshash va farqli tomonlari, sifatning ma‘noviy turlari, sifat darajalari, sifat so‘z turkumining gapdagi vazifasi va ingliz va o‘zbek tillaridagi qiyosiy tahlili bayon qilingan.
Kalit so‘zlar: so‘z turkumlari, so‘z, grammatik kategoriya, mustaqil so‘zlar, yordamchi so‘zlar, leksik, gap bo‘lagi, semantik, morfologik, sintaktik, dinamik, static, sifat, ravish.
So‘zlar bir-biridan ma‘no va grammatik xususiyatlari jihatidan farq qiladilar. Ba‘zi so‘zlar mustaqil ma‘no ifodalay olsa, ayrimlari boshqa so‘zlar bilan birgalikdagina ma‘lum grammatik ma‘no ifodalashi mumkin. Bunday so‘zlar leksik ma‘no bildirmaydi va mustaqil qo‘llana olmaydi. Mustaqil so‘zlar esa gapning qurilishi uchun asos bo‘ladi. Ular gapning ma‘lum bo‘lagi vazifasida kelib, ham mustaqil leksik tushuncha, ham grammatik ma‘no ifodalaydi hamda gapning to‘liq mazmunini kashf etishda muhim rol o‘ynab, ma‘lum so‘roqqa javob bo‘ladi. Demak, so‘zlarning gapda qanday gap bo‘lagi bo‘lib kelishi, qanday so‘zlar bilan aloqaga kira olishi ularning ma‘nolariga va grammatik shakllariga bog‘liq bo‘lgan hodisadir. Shuning uchun so‘zlar har uch belgini (semantik, morfologik va sintaktik belgilarini) nazarda tutgan holda turkumlarga ajratiladi. Bu belgilar hamma so‘z turkumlarida bir xil darajada emas, albatta. Ba‘zi so'zlar uchun morfologik belgi yetakchi rol o‘ynasa (masalan, ot, fe‘l ), ba‘zilarida esa sintaktik belgi yetakchi rol o‘ynaydi (masalan, sifat, ravish va yordamchi so‘zlar)1 . Sifat –predmetning rangi, hajmi, shakli, mazasi, xarakteri, psixik holati, o‘rin yoki vaqtga munosabati kabi belgilarni anglatadi. Masalan, qizil, katta, shirin, baland, yomon, sho‘x, ertalabki kabiladir. Boshqa so‘z turkumi ham belgi ifodalaydi. Ammo sifat barqaror va turg‘un belgi ifodalashi bilan ulardan ajralib turadi. Masalan, Gul- qizil deganda turg‘un (statik) belgi, Gul qizardi deganda esa o‘zgaruvchi (dinamik) belgi namoyon bo‘lgan. Sifat anglatadigan belgi boshqa turkum anglatadigan belgidan xususiyati bilan farq qiladi. Masalan qizg‘ish –qizil - qip-qizil. Boshqa turkum anglatuvchi belgida esa bunday xususiyat yo‘q. Sifat gapda sifatlovchi aniqlovchi, qisman kesim, hol vazifasida keladi. Shu asosda sifatning umumniy grammatik ma‘nosini ―asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildirib, gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, ba‘zan kesim, harakatning belgisini bildirib, gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, ba‘zan kesim , ayrim hollarda hol vazifasida kelish‖ ko‘rinishida tiklash mumkin. Sifatni tasniflovchi kategoriya daraja kategoriyasi hisoblanadi. Bu kategoriya deyarli hamma tillarda mavjud bo‘lib, barcha sifatlar uchun qo‘llaniladi. Shunga qaramay turli tillarda u turlicha talqin qilinadi. Lekin baribir darajalarning ifodalash mazmunideyarli bir xil. Ya‘ni oddiy daraja belgini oz- kamligiga munosabat bildirmaslik natijasida yuzaga chiqadi. Masalan, long-uzun, hot-issiq, darkqorong‘u. Qiyosiy daraja bir predmetning belgi yoki xususiyatini ikkinchi belgi xususiyatidan ortiqroq yoki kamroqligini ko‘rsatadi. Masalan,longer-uzunroq, bigger- kattaroq. Orttirma daraja bir turkumdagi predmetlar ichidan birini juda ortiq yoki kamligini ko‘rsatadi. Masalan, longest- eng uzun, shortest- eng kalta. Narsaning yoki predmetning xususiyatini, shaklini, holini bildirib, qanday yoki qanaqa savollariga javob bo‘ladigan so‘zlar sifat deyiladi. Ingliz tilida sifat birlik yoki ko‘plikka , jinsga , yoki kelishikka qarab o‘zgarmaydi , ular har doim bir xil bo‘ladi.
much bilan many ishlatiyotganda, u bilan ishlatilayotgan otning sanaladigan yoki sanalmaydiganligiga e'tibor berish lozim. Chunki many sanaladigan otlar bilan, much esa sanalmaydigan otlar bilan ishlatilmaydi: I have much more free time now. - Hozir ancha bo'sh vaqtim bor. I have many more books than you.- Menda senikidan ancha ko'p kitob bor, Ingliz tilidagi sifat va ravishlarni bir-biridan farqlash ham muhimdir. Ingliz tilidagi ravishlarni ko‘pchiligi odatda –ly qo‘shimchasini olishi bilan sifatdan osongina farq qiladi. Shuni qayd etish joizki, ba‘zi ravishlar bunday qo‘shimchani olmaydi. Masalan ―fast‖ sifat shaklida ―a fast car‖ ishlatilsa, u ravish sifatida ―he drove fast‖ kabi gaplarda ishlatiladi. Sifat va ravish o‘rtasidagi shunga o‘xshash farqlarni quyidagi gaplar misolida ko‘rib chiqamiz: Richard is careless. Richard talks carelessly. Birinchi gapda careless sifat, chunki u otni ifodalab kelyapti, ikkinchi gapda esa carelessly ravish, u fe‘lni ifodalab kelyapti. Priya was extremely happy. Bu gapda happy sifat, u atoqli otni ifodalab kelyapti, extremely esa ravish chunki u sifatni ifodalab kelyapti. Ravishlar hech qachon otni ifodalab kelmaydi. Sharon‘s cough sounds bad. Bu yerda bad sifat, chunki u cough otini ifodalab kelyapti. She seems unhappy today. Bu gapda unhappy sifat chunki u olmoshni ifodalab kelyapti. Shuning uchun ham gapda ega yoki fe‘lni ifodalanishiga e‘tibor berish kerak. Masalan: This apple smells sweet. Your dog smells carefully. Birinchi gapda sweet bu sifat chunki u otni ifodalab kelyapti, ikkinchi gapda esa carefully ravish chunki u yerda sifatni qo‘llab bo‘lmaydi. Agar siz o‘zingizni qanday his qilayotganingizni ifodalamoqchi bo‘lsangiz, siz sifatni ishlatasiz (lekin qoidaga ko‘ra his qilmoq fe‘lku). Shunday qilib, ―I feel bad‖ deyilsa to‘gri bo‘ladi. Ravish shakli ―badly‖ esa biror narsaga qobilyatsiz ekanlikni ifodalab keladi: you play football badly. Good bu sifatdir, hechqachon ―I live good‖ deyolmaymiz, chunki ― I live well‖ bo‘ladi. Biroq bu sifat fe‘lni ma‘nolarini ham ifodalab keladi; feel good, look good, smell good, are good, have been good kabilar. Shunga ko‘ra ―well‖ni ham sifat, ham ravishga xos ma‘nolari mavjud. U sifatdek qo‘llanganda ―sog‘lom‖ ―kasal emas‖ ma‘nolarini ifodalab, kasalikdan tuzalgandan so‘ng ishlatiladi. U sog‘likka bog‘lanmagan ma‘noni ifodalasa ravish sifatida qo‘llanadi. ―I did well on my exam. Ingliz tilida ham sifatlar shaxs yoki buyumning belgi va xususiyatini bildirib keladi. Tadqiqotimiz mavzusi sifatlarning ma‘nosi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, sifatlarni faqat ma‘noga oid ko‘rinishlariga e‘tibor qaratishni lozim topdik. Sifat ifodalagan belgi yoki xususiyat turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan: young –yosh, red –qizil, sweet – shirin, small –kichik, ugly –xunuk, hungry –och, long –uzun va boshqalardir. Bu sifatlar hammasi predmetning ma‘lum belgi yoki xususiyatini bildirsada ular bir-biridan farq qiladi. Masalan, ularning ba‘zilari predmetning rangi yoki tusini anglatsa, ayrimlari predmetlarni nimadan qilinganligini ko‘rsatadi. Sifatlarni leksik ma‘nosiga ko‘ra quyidagicha turlarga ajratiladi: 1. Xususiyat bildiruvchi sifatlar 2. Holat bildiruvchi sifatlar 3. Shakl bildiruvchi sifatlar 4. Rang-tus bildiruvchi sifatlar 5. Maza- ta‘m bildiruvchi sifatlar 6. Hid bildiruvchi sifatlar 7. O‘lchov bildiruvchi sifatlar 8. O‘rin bildiruvchi sifatlar 9. Payt bildiruvchi sifatlar Quyida ularning har birini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz. Xususiyatni bildiruvchi sifat narsa mavjudotni xarakter-xususiyatini ifodalashda qo‘llaniladi: pretty go‘zal, angry badjahl, eloquent dilkash, good yaxshi, bad yomon kabi. Xarakter va xususiyat ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Holatni bildiruvchi sifat narsa, mavjudotni holat yoki vaziyatini turg‘un belgi sifatida ifodalaydi. Holat bildiruvchi sifat o‘z navbatida yana ichki guruhlarga bo‘linadi: 1) tabiiy holat bildiruvchi sifat: beautiful go‘zal, powerful o‘ktam, lame cho‘loq, stooping bukri; 2) jismoniy holat bildiruvchi sifat: strong baquvvat, healthy tetik, young yosh; 11 3) ruhiy holat bildiruvchi sifat: glad xursand, happy shod, sad xafa; 4) iqtisodiy holat bildiruvchi sifat: rich boy, poor kambag‘al, indigent nochor; 5) harorat holatini bildiruvchi sifat: warm iliq, cool salqin, cold sovuq, hot issiq; 6) tozalik holatini bildiruvchi sifat: clean toza, dirty iflos, fresh musaffo; 7) eskilik, yangilik holatini bildiruvchi sifat: new yangi, old eski, ancient ko‘hna; 8) ho‘l, quruqlik holatini bildiruvchi sifat: wet ho‘l, dry quruq, humid nam; 9) tinch, notinch holatini bildiruvchi sifat: calm tinch, quiet osoyishta;
...