Essays.club - Получите бесплатные рефераты, курсовые работы и научные статьи
Поиск

Marjonbuloq koni

Автор:   •  Май 10, 2023  •  Реферат  •  2,886 Слов (12 Страниц)  •  339 Просмотры

Страница 1 из 12

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QO‘MITASI

GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI

[pic 1]

“Neft va gaz konlari geologiyasi” fakulteti

“Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi”

yo‘nalishi.

Foydali qazilma konlari gealogiyasi

MUSTAQIL ISH

Mavzu: “MARJONBULOQ KONI”

                                                                                   

                                    Bajardi: Hojiyev Ismat

                                           Qabul qildi:

[pic 2]

Toshkent 2022

Mundarija:

Kirish……………………………………………………3

I. Bob. Hududning fizik-geografik sharoiti……………..3

II. Bob. Hududning o‘rganilish tarixi…………………...4

III. Bob. Hududning geologik tuzilishi…………………5

1.Stratigrafiyasi…………………………………………6

2.Tektonikasi……………………………………………7

3.Magmatizmi…………………………………………..7

IV. Bob. Gidrogeologiyasi……………………………..9

V. Bob. Foydali qazilmalari…………………………..10

 

Kirish

Oltin O'zbekistonning strategik ma’dan xom ashyosining asosiy elementlaridan biri bo'lib, turli xil ma’dan hosil qiluvchi va geologik-genetik turdagi konlarning keng doirasini tashkil etadi. O'zbekiston oltin konlarining geologik va sanoat turlariga oltin-sulfid, oltin-kvarslar kiradi.Bu turdagi oltin konlari respublikamizning ko‘pgina hududlarida tarqalgan.

Xusasan, Morguzar tog‘ tizmasida joylashgan Marjonbuloq oltin koni ham  shunday istiqbolli  konlar qatoriga kiradi.                                                  

             I Bob. Hududning fizik-geografik sharoiti

        Marjonbuloq oltin koni -Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanida joylashgan. Bahorikor temir yoʻl stansiyasidan 9 km sharqda, Jizzax shahridan 50 km janubda,Samarqand shahridan esa 80 km shimoli- sharqda joylashgan. Janubiy Nurota togʻlarining sharqiy tarmogʻidagi Marjonbuloq qirlaridagi kon hisoblanadi.  Hududning fizik geografik sharoiti ancha qulay.Ya’ni kondan ma’dan qazib olish uchun tashqi omillar deyarli  hech qanday to‘sqinlik ko‘rsatmaydi. Harorat  yanvar oyida o‘rtacha -2 C,iyulda esa320 C kuzatiladi. Yillik yog‘in  o‘rtacha 326mm ni tashkil etadi.

II Bob. Hududning o‘rganilish tarixi

        1963-64 yillarda N.G. Degtyarev va L.V. Kvasova tomonidan Shimoliy Nurotov uchun 1:25000-1:50000 masshtabdagi geologik ishlar va metallometrik suratga olish ishlari olib borildi.

        Oltin elementi mineralizatsiyasi ko'rsatkichlari - oltin, kumush, qo'rg'oshin ekanligi aniqlandi.Bu olimlar  keyinchalik 1:10 000 miqyosda oltin tadqiqoti bilan batafsil shug‘illanishgan.Marjonbuloq tog'lari hududini tekshirishda oltinning tomirlar orqali tarqalishi, sanoat bilan oltin minerallashuvining mavjudlilik parametrlari, bu Markaziy va G'arbiy qismlarni ajratish imkonini berdi. 1965-67 yillarda N.G.Degtyarev keng qamrovli geologik va geofizik ishlar natijasida baholashlari Marjonbuloq tog'laridagi paleozoy erasi shakllanishlarining oltin tarkibi ekanligi aniqlangan.

        Bunga ko‘ra ikkita oltin rudasi zonasi - Shimoliy va Janubiy qismlarga ajratilgan. Markaziy va bo'limlarga bo'lgan janubiy zona- “G'arb” eng istiqbolli deb tan olingan.1969-70 yillarda “Samarqandgeologiya” trestining Zarafshon davlat geologiya boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar natijasida Markaziy va G'arbiy kon ishlari og'ir turdagi va quduqlar 150 m chuqurlikda oltin minerallashuvi mavjudligi isbotlangan. Ma’dan tanasining asosiy o‘rni aniqlangan.1971 yilda Marjonbuloq konining G‘arbiy qismida dastlabki qidiruv ishlarini boshladi, natijada ruda ajratildi.  Bu qismlarda  zahiralarning operativ hisob-kitobi amalga oshirildi.

        1973 -1975 yillarda  G'arbiy batafsil qidiruv ishlari olib borilgan.Bundan tashqari, SSSR Davlat zahiralari qo'mitasida rudalar uchun sanoat standartlari tasdiqlangan.

        N.A. Axmedov  Marjonbuloq ma’dan konida oltin mineralizatsiyasini joylashtirish va istiqbolli maydonlarni ajratish xususiyatlari bo‘yicha kompleks tadqiqotlar olib bordi.  Uning geologik xarakteristikalari berilgan va tizim ishlab chiqilgan. Bularning qidiruv mezonlari strukturaviy-geologik, mineralogik,geokimyoviy, metasomatik va magmatik turlarga xosligi aniqlangan.

        1978-83 yillarda davomida batafsil chuqur izlanishlar natijasida 1:10000 masshtabda kompleks hajmli xaritalash (N.I.Nazarova, P.F.Ivankin) chuqur yoriqning ichki tuzilishi o'rganildi, ma’dan hududlarining rivojlanish bosqichlari aniqlandi, metasomatitlar va ularning ruda hosil bo‘lishidagi roli o‘rganilgan. 1983 yildan 1988 yilgacha Janubiy minerallashgan zonada ikkinchi bosqichni batafsil chuqur qidirish ishlari ham olib borildi. 1983-86 yillarda  Janubiy minerallashgan zonaning qismini va Shimoliy Marjonbuloq zonasining markaziy qismini umumiy qidirish bo'yicha ishlarni yakunladi.

        Konda mineralogik va geokimyoviy tadqiqotlar R.P. Badalova (1973),

E.B. Bertman, V.A. Horvat (1978), L.N. Nikolaev (1978)lar o‘rgangan. Rudaga yaqin jarayonlar metasomatizmni V.A. Horvat va boshqalar tahlil qilgan.

              III Bob. Hududning geologik tuzilishi

        1974 yildan 1988 yilgacha N.A. Axmedov  Marjonbuloq ma’dan konida oltin mineralizatsiyasini joylashtirish va istiqbolli maydonlarni ajratish xususiyatlari bo‘yicha kompleks tadqiqotlar olib bordi.  Uning geologik xarakteristikalari berilgan va tizim ishlab chiqilgan. Bularning qidiruv mezonlari strukturaviy-geologik, mineralogik,geokimyoviy, metasomatik va magmatik turlarga xosligi aniqlangan.

...

Скачать:   txt (22.2 Kb)   pdf (478.1 Kb)   docx (377.2 Kb)  
Продолжить читать еще 11 страниц(ы) »
Доступно только на Essays.club