Davlat moliyaviy resurslarini boshqarishda soliq nazorati mexanizmi
Автор: Guli Nur • Май 9, 2023 • Реферат • 1,323 Слов (6 Страниц) • 208 Просмотры
DAVLAT MOLIYAVIY RESURSLARINI BOSHQARISHDA SOLIQ NAZORATI MEXANIZMI
Tashmuxamedova D.A.
TMI “Byudjet hisobi va gʻaznachilik” kafedrasi dotsenti
Oymatova G.M.
TMI SST-5 guruh talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqolada soliq nazoratining davlat moliyaviy nazorati sifatidagi ahamiyati tahlil qilinadi, uning asosiy xususiyatlari va maqsadlari koʻrib chiqiladi, asosiy shakllari va funksiyalari ochib beriladi.
Kalit soʻzlar: soliq nazorati, moliyaviy nazorat, moliyaviy faoliyat, nazorat shakllari, nazorat maqsadi.
Аннотация: В данной статье анализируется значение налогового контроля как государственного финансового контроля, рассматриваются его основные черты и цели, раскрываются его основные формы и функции.
Ключевые слова: налоговый контроль, финансовый контроль, финансовая деятельность, формы контроля, цель контроля.
Abstract: In this article is analyzed the importance of tax control as a state financial control, described its main features and objectives, revealed its main forms and functions.
Key words: tax control, financial control, financial activity, forms of control, purpose of control.
Kirish
Davlat muayyan moliyaviy resurslarga ega boʻlmasdan, shuningdek, ularni shakllantirish va sarflashning qonuniy tartibda amalga oshirilishi ustidan tegishli nazoratni amalga oshirmasdan turib oʻzining tashqi va ichki siyosatini yoki ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshira olmaydi. Davlat moliyaviy resurslari esa asosan soliqlar orqali shakllantiriladi. Davlat byudjeti daromadlari davlatning oʻz vazifalarini oʻz vaqtida bajarishi uchun muhim ahamiyatga egaligi bois byudjet daromadlarining oʻz vaqtida va toʻliq yigʻilishi ustidan moliyaviy nazorat oʻrnatilishi zarur hol. Bunday moliyaviy nazorat soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi va soliq nazorati deb ataladi.
Umuman olganda moliyaviy nazoratni ikki jihatdan koʻrib chiqish mumkin: birinchidan, moliyaviy nazorat bu – barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy qonunchilikka va moliyaviy intizomga rioya etishini taʼminlash boʻyicha maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qatʼiy tartibga solinadigan faoliyati; ikkinchidan, moliyaviy nazorat bu – moliyaviy operatsiyalarning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini taʼminlash maqsadida moliya va pul oqimlarini boshqarishning ajralmas qismi.
Qonunchilikda moliyaviy nazorat tushunchasiga alohida toʻxtalib oʻtilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining IX boʻlim 26-bobi davlat moliyaviy nazoratiga bagʻishlangan boʻlib, uning 170-moddasida “Davlat moliyaviy nazorati budjet to‘g‘risidagi qonunchilikning davlat moliyaviy nazorati obyektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash, bartaraf etish va unga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek budjet sohasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi”, 171-moddasida esa “Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining daromadlari qismi bo‘yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi” deb belgilab qoʻyilgan[1].
Adabiyotlar sharhi
Ilmiy va oʻquv adabiyotlarida soliq nazoratiga turlicha taʼrif berilgan. Masalan, T.D.Miktibayev soliq nazoratini shunday taʼrilaydi: “Soliq nazorati bu – soliq toʻlovchilar, soliq agentlari va yigʻimlarni toʻlovchilar tomonidan soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha vakolatli organlar faoliyati”. M.V.Romanovskiy va O.V.Rublevskayalar esa soliq nazoratiga quyidagicha taʼrif beradilar: “Soliq nazorati bu soliq tushumlari boʻyicha davlat va hokimiyatning barcha darajalarida davlat jamgʻarmalarini shakllantirish boʻyicha harakatlarning qonuniyligi, maqsadga muvofiqligi va samaradorligini tekshirish chora-tadbirlari tizimi; byudjetga soliq tushumlarini oshirish va soliq intizomini yaxshilash uchun zaxiralarni aniqlash; soliq qonunchiligining bajarilishini, hisob-kitoblarning toʻgʻriligini, byudjetga soliq tushumlarining toʻliqligi va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlovchi hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan qoʻllaniladigan metodlar va usullar majmui”[5].
A.V. Vahobov Soliq nazorati — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash ustidan nazorat.
Soliq nazorati mazmuniga eʼtibor beradigan boʻlsak, Oʻzbekiston soliq kodeksida unga “Soliq nazorati vakolatli organlarning soliq toʻlovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati soliq nazoratidir”[2] degan mazmunda taʼrif keltirilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi qonuni 2-moddasida esa, “Soliq nazorati soliq to‘lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat. Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni, budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish, soliq tekshiruvlari vositasida hamda soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi” deyilgan.
Tadqiqotlar metodologiyasi
Maqolada analiz, sintez, ilmiy mushohada, iqtisodiy tadqiq etish metodikasi, tizimli tahlil, monografik tahlil, taqqoslash, guruhlash kabi usullardan foydalanildi, «soliq nazorati» boʻyicha tizimli adabiyotlar tahlili amalga oshirildi hamda tadqiqot boʻyicha xulosa va takliflar shakllantirildi.
Tahlil va natijalar
Bizning fikrimizcha, soliq nazoratining mazmuni yuqorida keltirilgan taʼriflardanda kengroqdir. Chunki, yuqorida keltirganimizdek, soliq nazorati bu nafaqat iqtisodiy, shu bilan birga huquqiy va ijtimoiy jarayonlarni ham qamrab oladi. Shu jihatdan olganda bizningcha “soliq nazorati bu – soliq toʻlovchilarning ularga yuklatilgan soliqqa oid majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarishlarini taʼminlash maqsadida davlatning tegishli vakolatli organlarining turli vositalarga asoslangan holda oʻtkazadigan nazorat tartibidagi faoliyatlarining umumiy majmuasidir.
...