Chig’atoy davlatining boshqaruv tizimi
Автор: shoxrux2004 • Июнь 2, 2024 • Реферат • 2,823 Слов (12 Страниц) • 74 Просмотры
Arxivshunoslik va manbashunoslik kafedrasi
Arxivshunoslik yo‘nalishi
O‘zbekistonning davlat muassasalari tarixi fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Chig’atoy davlatining boshqaruv tizimi.
Bajardi: A.N.Amonov
Tekshirdi: R.Duschanov
Toshkent – 2023.
Reja:
Kirish
1.Chig’atoy ulusi davlati vujudga kelishi sabablari va mohiyati .
2.Chig’aatoy ulusi davrida O’rta Osiyoda davlat muassasalari .
3.Ma’sudbek pul islohoti . Kebekxon va uning islohotlari .
4.Tumanlar tizimi va ularning boshqaruvi . Chig’atoy ulusining ikki qismga bo’linishi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kungacha saqlanib kelinayotgan O‘zbek xalqining o‘tmishiga oid bo‘lgan qimmatli ma’lumotlarni kelajak avlodga yetkazish va bugungi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodlarni o‘tmishimiz tarixidan xabardor etishdan iborat.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Chig’atoy ulusi davrida boshqaruvi tizimining o’ziga xos tomonlari juda ko’p. Bu davrni o’rganish uchun manbalar yetarli darajada. Bulardan g’arbda M.Pesheron , R.Krausset , A.Makkenzi , D.Martin , J.Dyupon ,X. Lamba , L.Gambis , P.Rachnevskiy ,J.A.Boyl , rus va sovet tarixchilaridan V.V.Bartold , L.L.Viktorova , B.Y.Vladimersev , I.P.Petrashevskiy , N.S.Munkuyev , Z.M.Bunyodov , E.I.Kichanov va boshqalar tomonidan chop etilgan turli xarakterdagi adabiyotlarda o’z aksini topgan
Mavzuning maqsad va vazifalari: Maqsad Chig’atoy ulusi davrida O‘rta Osiyoda davlat boshqaruvi va amaldorlar va xodimlarning yuritgan ish faoliyatlarini qay tarzda olib borganliklarini shuningdek, Turk xoqonligi davlatining yurtimiz tarixida tutgan o‘rni qay darajada muhim ekanligini o’rganishdir.
1.Chig’atoy ulusi davlati vujudga kelishi sabablari va mohiyati .
1219 - 1220-yillarda O'rta Osiyo Chingizxon tomonidan
egallanadi va ushbu hudud Mo‘g‘iliston, Xitoyning bir qismi,
Sharqiy Turkiston bilan birgalikda imperiya tarkibiga kiritiladi.
1224-yilda barcha bosib olingan olkalar Chingizxon vorislariga
taqsimlab berildi. Bunga sabab bunday katta hududni faqat
markazdan turib nazorat qilib bolmasligida va bu hududlarni
boshqarish uchun o‘sha hududda malum bir kuchning saqlanib
turishi zaruriyati bilan bogliq ekanligida edi. XIII asrning birinchi
yarmiga kelib Xorazmshohlar davlatida keskin siyosiy
vaziyat hukm surgan bir vaqtda sharqdan yangi xavf vujudga
keladi, ya’ni hozirgi Mo‘g‘iliston hududida tuzilgan Chingizxon
boshchiligidagi lcochmanchilar davlati qadimgi savdo yolida
joylashgan barcha mamlakatlarni o‘z hukmronligiga birlashtirish
uchun harakat boshlaydi.
1227-yildan boshlab Chig‘atoy ( 12 2 7 - 12 4 1^ in’om
qilingan yerlar rasman ≪Chig'atoy ulusi≫ deb nomlana boshladi.
Tarixchi Juvayniy bergan ma’lumotga ko la , uning qarorgohi Ili
daryosining janubiy qismida Kunas (yoki Quyosh) deb atalgan
joyda bolgan va Ulug‘ If deb atalgan. Keyinchalik, u qarorgohini
Olmaliqning Garbiga kochirgan. Tarixchi Rashididdinning
keltirishicha, ulus poytaxti Uyg‘urlar mamlakatidagi Beshbaliq
shahri bolgan. Chig‘atoy ulusi tarkibiga Movarounnahr, Yettisuv,
Qoshgar, Xorazmning sharqi, Xurosonning bir qismi,
Uyg‘urlar mamlakati, Badaxshon, Balx va Gaznaning Hind
daryosigacha bolgan hududlar kirgan.
Musulmon va xitoy manbalarida Chigatoy qattiqqo‘1 hukmdor
sifatida tasvirlanadi. U mo‘g‘ullarning asosiy qonuni hisoblangan
≪Yasoq≫ qonunlar to‘plami qoidalariga qattiq amal qilgan.
O'rta Osiyoga kelib o‘rnashgan kochmanchilar o‘zlariga
qarashli bolgan hududlarni boshqarishda dastlab o'z qonunqoidalariga
amal qilib ish ko'rganlar[1].
Chig'atoy ulusi davlati tepasida
buyuk xoqon tomonidan tayinlangan xon turgan. Ushbu
xonlar nomigagina buyuk xoqonga boysunsalar ham amalda
mustaqil ish ko'rishgan. Rashididdinning yozishicha, xonlar
qolida cheklanmagan va amalda nazoratsiz hokimiyat mavjud
bolgan. Lekin har bir xon tola hokimiyatga ega bolishi uchun
o'zining shaxsiy qobiliyatlariga ega bolishi kerak bolgan. Agar
davlat boshligi o‘z hukumatida aniq va hal qiluvehi sozni ayta
oladigan, Chingizxon yasoqlariga amal qiladigan kuchli shaxs
bolsa davlatni deyarli mustaqil boshqara olgan. Ushbu davrda
ulus xonining qat’iy belgilangan quyidagi oliy huquqlari va vazifalari
mavjud bolgan:
2.Chig’aatoy ulusi davrida O’rta Osiyoda davlat muassasalari .
Xon o'zi boshqarayotgan urug'ning oliy hokimiyat egasi sifatida mamlakat hududiga, ulus tarkibiga kiruvchi barcha oziga qarashli yerlardagi aholiga ega bolib, uning asosiy vazifasi va eng muhim majburiyati davlatni tashqi dushmanlardan himoya qilish edi. 232 2. Xonlar boshqa hududlarga urush e’lon qilish huquqiga ega bo'lgan va bu urushda qo'shinning eng asosiy qismini boshqargan. 3. Xonlarning chet davlatlar bilan oliy darajada muzokaralar olib borishi mumkin bo'lgan, bu ularning davlat tashqi siyosati yo'nalishini belgilash vazifasi ko'rsatgan. 4. Xon o'ziga bo'ysunuvchilar orasida aybdorlarni o'limga hukm qilishi mumkin bo'lgan bu uning oliy hakam lik vazifasini belgilagan. 5. Nihoyat, xonlar qonun chiqarish va bu qonunlarga barcha jamiyat a’zolari bo'ysunishi ko'rsatilgan, bu ularning jamoa tuzilish va tartibini saqlashdagi vazifasi hisoblangan.[2]
...