Essays.club - Получите бесплатные рефераты, курсовые работы и научные статьи
Поиск

Gastronomiya turizmi marshrutlarini xaritalashtirish

Автор:   •  Февраль 6, 2022  •  Курсовая работа  •  2,354 Слов (10 Страниц)  •  547 Просмотры

Страница 1 из 10

[pic 1]Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Turizm ta’lim yo’nalishi

218-guruh talabasi Temirova Muhabbatning

Turizmda xaritalashtirish va turistik mashrutlarni ishlab chiqish fanidan tayyorlagan

KURS ISHI

Mavzu: Gastronomiya turizmi marshrutlarini xaritalashtirish

[pic 2]

Bajaruvchi:                                                                          M.Temirova

Qabul qiluvchi:                                                                        A.Abduraximov

Termiz-2022

Kirish

1.Gastronomiya turizmining mazmuni va mohiyati.

2.Gastronomik turizmning rivojlanish tarixi.

3.Gastronomiya turizmi marshrutlarining turlari.

4.O'zbekistonda Gastronomiya turizmining rivojlanish istiqbollari.

Xulosa va takliflar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati.

Kirish

Mavzuning dolzarbligi: Gastronomik turizm xususiyatlarini o’rganishda qo’llaniladigan xalqaro standardlarning asosiy prinsiplarini ko’rib chiqish; turistlarning va turizm sohasi subyektlarining u yoki bu mamlakat oshxonasining xususiyatlari bilan tanishish; gastroturizmni barqaror rivojlantirishda mavzuli xaritalashning o’rnini o’rganish; turistik subyektlarning shartli belgilar va marshrutlarni o’rganish sohasidagi savodxonligini oshirish.

Turizm bugungi kunda jahondagi eng ko’p foyda keltiruvchi sohaga aylandi. So’nggi yillarda uning jahondagi tovarlar va xizmatlar savdosining 10 % to’g’rikelmoqda. Hozirgi vaqtda odamlarni yangi va g'ayrioddiy narsa bilan ajablantirish qiyin. Turoperatorlar tobora ko'proq yangi turlar va marshrutlarni, jumladan, turli xil yangi yo'nalishlar, xizmatlar va mahsulotlarni yaratmoqdalar. Odamlar hamma narsani va hamma joyda sinab ko'rgan zamonaviy dunyoda turistik sayohatning yangi turi - gastronomik turizm paydo bo'ladi. Gastronomik turizm - turistik sayohatning bir turi bo'lib, uning asosiy maqsadi ma'lum bir hudud yoki mamlakat oshxonasining o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishishdir. Butun dunyoda gastronomik turizm dolzarb va talabga aylanib bormoqda. Ko'plab sayyohlar milliy taomlari va ekzotizmi bilan mashhur bo'lgan mamlakatga gastronomik tur sotib olishni xohlashadi

Muammoning o’rganilganlik darajasi:Umumiy xaritalarga qo’yilgan talablar va shartli belgilarni o’rganishda turizm sohasi subyektlarini ular turistik bozorlarda milliy turistik mahsulotni targ‘ib qilishida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini rag‘batlantirish, turistik zonalar va turistik klasterlarning rivojlantirilishini rag‘batlantirish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining turizm sohasidagi vakolati turizm sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi. Turizm sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini ta’minlaydi, turistik zonalar, turistik xaritalarni tashkil etish va ularda turizm sohasi subyektlari faoliyatini amalga oshirish tartibini, turistik faoliyatni litsenziyalash, turizm sohasida xizmatlarni sertifikatlashtirish, turistlar va ekskursantlarni sug‘urta qilish, ularga tibbiy, huquqiy hamda boshqa turdagi yordam ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Tadqiqot predmeti: Turizm sohasida xaritalash orqali turistik obyektning joylashuvi o’rganiladi va tashrif buyuruvchilarning marshrutlarni o’rganish bo’yicha bilimini oshiradi.

Tadqiqot obyekti: Turistlar va ekskursantlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan gatroturistik resurslar hamda aloqa vositalaridan moneliksiz xaritalar va shartli belgilar yordamida foydalanishini ta’minlashga, shuningdek tibbiy, huquqiy va boshqa turdagi yordam olishiga ko‘maklashiladi, tabiiy va madaniy meros obyektlarini ommalashtirishni, gastroturizm salohiyatini saqlash hamda rivojlantirishni tashkil etadi.

Гастрономия туризмининг турлари, ривожлантиришнинг мақсади ва вазифалари

Ҳозирги вақтда гастрономия туризмининг ривожланиши “миллий иқтисодиётга ижобий таъсири, бандликни таъминлаш ва маданий мерос сифатида ҳар томонлама тавсиф” сифатида Бутунжаҳон Туризм Ташкилотининг доимий назорати да ҳисобланади. БТТ экспертларининг тақдим этган маълумотларига биноан “туризм соҳасидаги 30% ҳаражатларни гастрономия туризми ташкил этиб, гастротуризм маҳаллий маданиятнинг асосий элементи ва ишлаб чиқаришнинг асосини ташкил этади, бунда асосий эътибор Буюк Ипак йўлидаги туристик йўналишларнинг туристик таклифларини такомиллашувини ва миллий ошхонани ривожлантиришга қаратилганудир”[1]

Саёҳатга чиқар эканмиз биз ўз олдимизга одатда қатор мақсадлар қўямиз, жумладан, Синай тоғларига кўтарилиш, Қадимги Миср ва Рим эҳромларини томоша қилиш, ёҳуд денгиз бўйича мириқиб дам олиш каби мақсадлар билан биргаликда, муҳими асрлар давомида сақланиб келган маҳаллий миллий таомлар таъмидан баҳра олиш ва уларни тайёрланиш маданияти билан танишишдан иборат бўлади.

Гастрономик турларнинг мақсади у ёки бу мамлакат ошхонасининг ҳусусиятлари билан танишишдан иборат бўлиб, бунда бир неча тансиқ таомларни татиб кўриш ёҳуд кўплаб таомларни истеъмол қилиш эмас, балки асрлар давомида сақланиб келган таомларни маҳаллий рецептларни ва урф-одатларни ўзида жамлаган миллий таомлардан баҳра олиш ва уларни тайёрланиш маданияти билан танишишдан иборат бўлади.

...

Скачать:   txt (32.6 Kb)   pdf (2.1 Mb)   docx (2 Mb)  
Продолжить читать еще 9 страниц(ы) »
Доступно только на Essays.club