Retifikatsion kolonnadagi gasoil fraksiyasini bosimni avtomatlashtirish
Автор: Descri777 • Май 28, 2023 • Курсовая работа • 2,263 Слов (10 Страниц) • 110 Просмотры
[pic 1]
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
YOQILG’I ORGANIK BIRIKMALAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI FAKULTETI
21-19 GURUH TALABASI
RAHIMBERDIYEV TURSUNALINING
NEFT VA GAZNI QAYTA ISHLASHDA AVTOMATLASHTIRISH VA MODELLASHTIRISH
FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu:Retifikatsion kolonnadagi gasoil fraksiyasini bosimni avtomatlashtirish
Mundarija | ||
1 | Kirish | 3 |
2 | Asosiy qism | 6 |
3 | Obyekt xarakteristikasi | 12 |
4 | Boshqarish tizimli funksiyasi | 13 |
5 | Boshqarish tizimli funksiyasi | 14 |
6 | Xulosa | 20 |
7 | Foydalanilgan adabyotlar | 21 |
KIRISH
Har qanday texnolgik tizim (TT) va uni boshqarish tizimi kibernetika fanining tadqiqot mavzui hisoblanadi.
Kibernetikaning - tadqiqot usuli - matematik modellashtirish;
tadqiqot strategiyasi – tizimli tahlil qilish;
tadqiqot vositasi - elektron hisoblash mashinalari - kompyuterlar hisoblanadi.
KIBERNETIKA (yun. kybernetile – boshqarish sanʼati) — axborotni qabul qilish, saqlash, uni qayta ishlash, undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shugʻullanadigan fan. Avtomatik boshqarish, hisoblash texnikasi, neyrofiziologiya va matematik mantiklarning nazariya hamda amaliyotlarining rivojlanish natijalari sifatida vujudga kelgan. Kibernetikaning texnik asosini yelektron hisoblash mashinalari (EHM) tashkil qiladi. Ular inson tafakkuriga oid masalalarni hal qilishga keng imkoniyatlar ochib beradi. «Kibernetika» terminini birinchi marta yunon faylasufi Platon tilga olgan (e.a.5-4 asr), 20 – asrgacha boʻlgan maʼlumotlarni hammasini umumlashtirib, N. Viner (AQSh) oʻzining, «Kibernetika» kitobini yozdi (1947).
Kibernetikaning nazariy oʻzagi: informatsiya (axborot), kodlash, algoritmlash, avtomatlar, umumiy va muqobil tizimlar, qiyofalarni aniqlash, formal tillar nazariyalari. Iqtisodiy, biologik, tibbiyot, texnik, matematik, lingvistika va b. mustaqil ilmiy sohalarning kibernetikasi vujudga keldi.
Kibernetika matematik modellashtirish usullaridan foydalanib tizimlarni aniq natijalar bilan tahlil va sintez qilishda, optimal shart-sharoitlarni prognoz qilishda foydalanadi.
Kibernetika usullari kimyo va oziq-ovqat texnologik jarayonlarni ketishidagi yangi qonuniyatlarni aniqlashda va ularni optimallashtirish hamda boshqarish yoʻllarini aniqlashda yordam beradi. Kibernetika uslublari kibernetikaning texnik vositasi boʻlgan hisoblash mashinalari yordamida tadbiq etiladi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish – texnika taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlaridan boʻlib, ilmiy tadqiqotlarga kengroq kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi hamda inson boshqarishga qodir boʻlmagan yangi, yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirishga, tabiatda maʼlum boʻlmagan yangi, samarali materiallarni yaratishga imkon beradi.
Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish faqat mikroprotsessor va boshqaruvchi hisoblash texnikasini qoʻllab, keng avtomatlashtirish natijasida samarali boʻlishga olib keladi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish — uzluksiz rivojlanuvchi tizim boʻlib, u ishlab chiqarishning oʻziga xos xususiyatlari va fan-texnikaning koʻpchilik sohalari bilan uzviy bogʻlangandir. Ishlab chiqarishni avtomatlashti-rishda yuqori samarador-likka erishishning bevosita sharti asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi hozirgi vaqtda uch davrga bo’linadi.
Birinchi davr — ayrim texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bilan xarakterlanadi. Jarayonning ayrim parametrlari avtomatlashtirilgan agregat yaqinidagi asbob ko‘rsatishiga mos avtomatik ravishda rostlanadi. Bu davrida shkalasi yaxshi ko‘rinadigan yirik gabaritli asboblar, bir korpusga o‘lchash asbobi, rostlagich va topshiriq beruvchi qurilma joylashtiriladi.
Ikkinchi davr — ayrim jarayonlaming kompleks avtomatlashtirilishidir. Bunda rostlash alohida shchitga o‘rnatilgan yirik gabaritli asboblardan foydalaniladi, shit bir necha metrga cho‘zilib ketadi va uni nazorat qilish qiyinlashadi va shitdagi asbob hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bo‘lib, uni hal qilish maqsadida kichik gabaritli ikkilamchi asboblardan foydalaniladi.
Uchinchi davr (to‘liq avtomatlashtirish davri) — agregat va sexlarni yalpisiga avtomatlashtirishdir. Boshqarish yagona dispetcherlik punktida markazlashtiriladi, mitti ikkilamchi asboblardan foydalanish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Doimiy nazoratni talab qilmaydigan o‘lchash va rostlash asboblari (yirik gabaritli) shitdan tashqariga o‘rnatiladi.
Kimyo va oziq-ovqat texnologik tizimlari
Kimyo va oziq-ovqat texnologiya tizimlari (kegusida texnologik tizimlar) deganda, unda ketayotgan fizik-kimyoviy jarayonlar va ularni amalga oshiruvchi vositalar birgalikda tushuniladi.
Texnologik tizimlar jarayonni, u ketayotgan qurilmani, jarayonni nazorat va boshqarish vositalarini va ular orasidagi oʻzaro bogʻliqliklarni oʻz ichiga oladi.
Jarayon - belgilangan tizimda boʻladigan va tizim holatini oʻzgartirib turadigan (koʻrib, ushlab boʻlmaydigan) hodisalar mujassamligidir. Hodisalar va sabablar mujassamligida jarayon aniqlanadi.
ASOSIY QISIM
Texnologik jarayon bayoni
Neft – qoramoy suyuq yonuvchi qazilma boylik, organik birikmalarning asason, uglevodorodlarning murakkab aralashmasidan iborat modda. Yer yuzasidan, asosan, 1,2-2 km chuqurlikdagi yer osti gumbazlarining g’ovak yoki seryoriq tog’ jinslari (qum, qumtosh, ohaktoshlar) da joylashgan. Chiqarilayotgan neft, asosan burg’ilangan quduqlardan olinadi.
Neftni qayta ishlash – neftdan neft mahsulotlari (benzin, kerosin, dizel yoqilg’isi, mazut, moy, bitum, gudron, paraffin va boshqalar) olishda qo’llanadigan texnologik usullar majmui. Neft qayta ishlshdan oldin, neft tarkibidagi suv, tuz va mexanik aralashmalar tozalanadi, keyin uni stabillashtirish, yuqori haroratda bug’latib haydash, distillyatlarni tozalash, qo’shimcha qo’shish va boshqalar bajariladi.
...