Kreking
Автор: Xusan. • Апрель 30, 2024 • Доклад • 870 Слов (4 Страниц) • 76 Просмотры
Kimyoviy usul 2 xil yo‘nalishdan iborat:
1) Kreking (Parchalash);
2) Reforming(Sifatini yaxshilash).
Kreking – neftning yirik molekulali uglevodorodlarini oson qaynaydigan maydaroq molekulali uglevodorodlarga parchalashdan iboratdir. Uglevodorodlarning 2–7 MPa bosim ostida va yuqori haroratda (470°C÷540°C) parchalashga termik kreking deyiladi. Uglevodorodlarning yuqori haroratda (450°C ÷ 500°C) va past bosim (0,06÷0,14 MPa) ostida va katalizator yordamida
parchalanishiga katalitik kreking deyiladi.
Тermik kreking benzin tarkibida to‘yinmagan uglevodorodlar borligi bilan to‘g‘ri haydalgan benzindan farq qiladi hamda oktan soni 30–40% (68÷70)ga yuqoriroq bo‘ladi, lekin bu benzinni uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi,chunki vaqt o‘tishi bilan undagi to‘yinmagan uglevodorodlar oksidlanib smolalar hosil qiladi.
Katalitik kreking jarayonining asosiy vazifasi yuqori sifatli(oktan soni yuqori bo‘lgan) benzin olishdir. Katalizatorlar sifatida alyumosilikatlar ishlatiladi. Harorat rejimi (470÷540°C) termokrekingnikiga o‘xshash bo‘lib, lekin reaksiya tezligi yuqori va olinadigan benzin sifati ham ancha yuqori bo‘ladi.
Kreking usulida neftdan benzin fraksiyalarining ajratib olinishi 50–60% ni tashkil etadi. Katalitik kreking 450–590°C haroratda va 0,1–0,2 MPa bosimida katalizatorlar (alyuminosilikatlar va boshqa moddalar) ishtirokida o‘tkaziladi. Bunda xomashyoni kreking qurilmasidan bir marta o‘tkazishda 40–50% benzin, 30–40% dizel yonilg‘isi va 10–15% gaz fraksiyalari olinadi. Katalitik kreking texnologiyasi termik krekingga nisbatan takomillashgan bo‘lib, bunda hosil bo‘lgan to‘ yinmagan uglevodorodlarning bir qismi to‘ yingan ko‘rinishga o‘tadi. Shu sababli, bu usulda olingan benzin sifati yuqori bo‘ladi.
[pic 1]
[pic 2]
[pic 3]
[pic 4]
Суюқ фазали крекинг 470–540 С ҳароратда ва 70 МПа босимда 2 фазали суюқ–буғ системада боради. Одатда бу усул билан оғир хом ашёлар (масалан, мазут) рециркуляцияни қўллаган ҳолда қайта ишланади. Олинган маҳсулотларнинг унуми крекинг бензин 30–35 %, крекинг–газ 10–15 %, крекинг–қолдиқ 50–55 % га тенг бўлади. Крекинг–бензиннинг таркибида ароматик углеводородлар кўп бўлганлиги учун, унинг октан сони (70) оддий ҳайдаш орқали олинган бензиндан анча юқори бўлади.
Буғ фазали крекинг кичикрок босим ва 600–630 С да ҳароратда юқори оқ рангли бензин олиш мақсадида олиб борилади. Бунда лигроинли фракция ишлатилади. Буғ фазали крекингда бензин билан бир қаторда кўп миқдорда қимматли нефт кимё хом ашёси хисобланган, таркибида тўйинмаган углеводородлари кўп бўлган газлар ҳам олинади.
Пиролиз бу юқори ҳароратли крекинг бўлиб, асосан этилен ва бошқа тўйинмаган углеводородларни олиш учун ишлатиладиган хом ашёнинг турига қараб (табиий газ, газ конденсати, керосин, газойил, лигроин) кенг ораликдаги ҳароратда (600–1200 С) амалда 670–720 С ларда ва атмосфера босимида лигроинли ёки керосинли фракцияларнинг чукур парчаланиши ҳамда иккиламчи жараёнлар натижасида хом ашёнинг
...