Essays.club - Получите бесплатные рефераты, курсовые работы и научные статьи
Поиск

Gastronomiya turizmini rivojlantirish istiqbollari

Автор:   •  Февраль 1, 2019  •  Курсовая работа  •  13,641 Слов (55 Страниц)  •  1,580 Просмотры

Страница 1 из 55

[pic 1]

O’zbekisbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti

“Xalqaro Turizm va servis” kafedrasi

Turizm nazariyasi va amaliyoti fanidan

[pic 2]

Mavzu: Gastronomiya turizmini rivojlantirish istiqbollari.

Bajardi:Boltayev J

 Tekshirdi:Boynazarov U

Samarqand 2018

   

  Mundarija.

  1. Kirish………………………………………………………………………..3
  2. Xalqaro turizmni rivojlanish omillari …………………………………....…4
  3. Turistik talab mohiyati…………………………………………………..…15
  4. Turistik mahsulot tushunchasi…………………………………………..…26
  5. Turistik mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish omillari……………….…..34
  6. Ovqatlanish sektorlari…………………………………………………..….44
  7. Xulosa ……………………………………………………………………..45
  8. Fodalanilgan adabiyotlar…………………………………………………..45
  9. Internet saytlari…………………………………………………………….47

KIRISH

Kurs ishi mavzuning dolzarbligi:Turizm o’zining ko’p qirrali tarkibi bilan jamiyat hayotining barcha sohalariga faol ta’sir o’tkazib kelmoqda. U iqtisodiyotning ko’pgina jabhalarini rivojlantirishga imkon tug’diradi. Jumladan, transport tarmoqlari, aloqa, yo’l qurilishi, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, kammunal xo’jaligi, maishiy xizmat ko’rsatish, servis sohasi,  savdo tarmoqlari va h.k. Turizmni rivojlantirish bir vaqtning o’zida o’ziga xos dam olish, hordiq chiqarish, ko’ngil ochar maskanlar industriyasini tashkil etib, o’z o’rnida sayyohlarga sifatli xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bir qator sohalarni qamrab olgandir.

Kurs ishi mavzusining maqsadi:Turizm o’zida jahon iqtisodiyotining murakkab va majmuaviy sohalarini mujassam etganki, bu butun jahon xo’jaligiga sezilarli ta’sir o’tkazadi. Aloxida mamlakatlar xo’jaligiga ham, xududlarga ham u birday tegishli. Ayrim mamlakatlarda xalqaro turizm valyuta tushumlarining yagona manbai hisoblanadi. Uning sharofati bilan iqtisodiy taraqqiyot yuqori darajasi va xalq turmush farovonligi qo’llab –quvvatlanib turiladi.

Shuningdek mamlakatimizga tashrif buyuruvchi turistlarning sifatli hamda xilma xil oziq ovqatlar bilan xuhnud etish.Hamda mamlakatimizda turizm istiqbolining rivojlanishiga o’z hissamizni qo’shish.

Kurs ishining vazifasi quyidagilardan iborat:

        Turizm jahonning ko’pchilik davlatlarida yagona tizim sifatida rivojlanmoqda va mamlakatlar byudjetiga salmoqli daromad keltiradi. Shuningdek juda ko’pchilik turistik xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq jismoniy va huquqiy shaxslarga yordam ko’rsatadi. Turizmda nafaqat eng yirik, balki jahon iqtisodiyotining eng dinamik holatda rivojlanayotgan sektorlaridan biridir.Mamlakatimizda turizm bo’yicha mutaxassislarni talab darajasiga tayyorlash muhim masaladir.Butun dunyo bo’yicha turistik xizmatlarga o’sib borayotgan talab eng avvalo ijtimoiy–iqtisodiy sabablar bilan izohlanadi. Mamlakatimizda turistik resurslarni hamda oziq –ovqat sanoatini rivojlantirish kurs ishining vazifasidir.

Kurs ishining tarkibi: Kirish, asosiy qism, xulosa, adabiyotlar ro’yxati, 47 sahifadan iborat.

        

                

 Xalqaro turizmni rivojlanish omillari

Qadimgi (antik) davr turizmi Turizm yoki sayyohlikning ilk bor boshlanish davri qadim-qadimlarga borib taqaladi. Kishilarning bir joydan ikkinchi joyga o‘tishi yoki borishi ko‘p hollarda savdo-sotiq yumushlari, atrof-olamni ko‘ra-bilish istagi, hamma ishtirok etaoladigan o‘qish, diniy va dam olish omillari bilan bog‘langan. Qadimgi manbalarda yozilishicha bundan ikki ming yillar oldin (eramizga qadar) misrliklar hayotida sayyohlik ko‘ngil ochish va dam olishning odatdagi hodisasi bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda eng qadimgi sayyohlik markazlaridan biri bu Tinch okean minatqasida joylashgan Okeaniya hududi bo‘lib hisoblanadi. U yerda yashovchi aholilar uncha katta bo‘lmagan oddiygina qayiqchalarda Janubiy sharqiy Osiyoning Mikroneziya va Markaziy (Tinch okeani) orollari, Tuamotu arxipelagi (orollar guruhi) ga sayohat qilishganlar. Eramizga qadar 500 yil oldin  polineziyaliklar Gavay orollari (Tinch okeani)ga 2 ming mill. masofagacha  okeanda suzib borishganlar. Ular safar davomida quyosh, yulduzlar, bulutlar va qushlarning harakatidan foydalanib manzilga yetib olishganlar. Sayohat davomida ular uchun eng muhim muammo bu ichimlik suvi va oziq-ovqatlar hisoblangan.

Qadimgi sayyohlikning eng rivojlangan markazlaridan biri O‘rta yer dengizi qirg‘oqlarida joylashgan Gresiya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Misr, Tunis kabi mamlakatlar bo‘lib hisoblanadi. Dengiz bo‘ylarida yashovchi aholilar savdo-sotiq, diniy safarlar, ilm olish, davolanish, yangi hududlarni kashf qilish maqsadida uzoq-uzoq safarlarga dengiz orqali chiqishgan. Bu to‘g‘risida juda ko‘pgina ma’lumotlar mavjud bo‘lib ularning bir qismi hozirgi kungacha bizga yetib kelgan. Jumladan Gresiyada V asrda (eramizga qadar) Gerodot va IV asrda (eramizgacha) Pifey kabi olimlarni boshqa mamlakatlarni o‘rganish uchun sayohatga borganlar.

Qadimgi grek tarixchisi Gerodot birgina Misrda bo‘lib qolmasdan, balki Sharqning ko‘pgina mamlakatlarida, jumladan Liviyadan tortib Vaviloniya, Assuriya, Kichik Osiyo, hatto Qora dengizning shimoliy sohillarida ham bo‘lishgan. U o‘zining sayohat taassurotlarini to‘qqiz tomlik «Tarix» nomli asarida tasvirlab bergan.

Qadimgi Gresiyada sport o‘yinlari (Olimpiada)ning tashkil etilishi, unda sportchilar va sport ishqibozlarining turli mamlakatlardan kelib-ketishi sayyohlikning rivojlanishiga katta to‘rtki bo‘lgan.

Bundan 776 yil oldin (eramizga qadar) har yili Ellada (Gresiya)ga Olimpiada o‘yinlariga qatnashish va tomosha qilish maqsadida nafaqat Elladadan, hatto butun O‘rta Yer dengizi bo‘yi mamlakatlaridan minglab sport ishqibozlari, san’atni sevuvchi muxlislar yig‘ilishgan. Yirik maxsus sport inshootlarining keng ko‘lamda qurilishi o‘sha davrga ta’luqli xususiyatlardan biridir. Musobaqalarda turli xil sport o‘yinlari o‘tkazilib, ishqibozlar olqishiga sazovar bo‘lingan, o‘z o‘rnida mehmonnovozlik yo‘lga qo‘yilgan.

...

Скачать:   txt (120.1 Kb)   pdf (602.8 Kb)   docx (160.3 Kb)  
Продолжить читать еще 54 страниц(ы) »
Доступно только на Essays.club